Telegram Web
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun tom yopgich ustalar ham, panjarayu zina yasovchi hunarmandlar ham, jimjimador darvozayu eshik ishlab chiqarib, oʻnlab odamlarni ish bilan taʼminlab kelayotgan katta-kichik tadbirkorlar ham “Aziya Metall Prof” nomini yaxshi bilishadi.

Chunki oʻzining hamyonbopligi va sifati bilan allaqachon metall buyumlar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida ishonch qozongan ushbu korxona bugun eksport geografiyasini ham kengaytirmoqda.

Qisqa davr ichida qurilish materiallari sanoatida oʻzining mustahkam oʻrniga ega boʻlgan “Aziya Metall Prof” korxonasi faoliyati Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Samarqand viloyatiga tashkil etilgan press-turning navbatdagi obyekti boʻldi.
👍71
Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табрик

Поздравление работникам печати и средств массовой информации

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🔥42
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Endilikda Qonliko'l aholisi bank izlab 30 km uzoqqa bormaydi — SQB Qoraqalpog'istonda zamonaviy bank xizmatlari markazini ochdi.

Markazda mijozlarga onlayn xizmatlar boʻyicha konsalting hamda kredit va omonatlarni rasmiylashtirish, hisob raqam ochish, valyuta ayirboshlash, xalqaro pul oʻtkazmalari kabi anʼanaviy bank xizmatlari koʻrsatiladi. 24/7 rejimida ishlovchi bank uskunalari (bankomat va infokiosklar) toʻliq ish holatiga keltirilgan.

‼️Bu hali hammasi emas!

Bank tomonidan Qoraqalpog'iston tarmoqlarida anderrayting xizmati ham yo'lga qo'yilgan bo'lib, uning yordamida jismoiy shaxslarning - 15 daqiqada, yuridik shaxslarning esa - 2 soat ichida kredit hujjatlari o'rganilmoqda.

👉 Shu va boshqa yangiliklar xususida Qonliko'l tumanidan tayyorlangan lavhamizda atroflicha so'z yuritiladi.
👍63🕊2
Forwarded from SQB
🍎 Qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksporti bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar uchun 1 000 000 AQSh dollari ekvivalentigacha kredit!

🍏 Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirishga hamda aylanma mablag’larni to’ldirishga mo’ljallangan YETISHTIRISHDAN-EKSPORTGACHA krediti:

🍋 muddati - 18 oygacha;
🍓 imtiyozli davr - 6 oygacha.

📝 Arizangizni onlayn tarzda sqb.uz qoldiring. Batafsil ma’lumot 1180 raqami orqali.
____

🍎 Экспортерам сельхозпродукции –
кредит в эквиваленте
до 1 000 000 долл США!

🍏 Кредит "YETISHTIRISHDAN-EKSPORTGACHA" на оборотный капитал, расширение производства и переработку сельскохозяйственной продукции:

🍋 сроком до 18 месяцев;
🍓 льготный период до 6 месяцев.

📝 Оставьте заявку онлайн на sqb.uz. Подробности по номеру 1180.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mamlakatimizda:

2026-yilga qadar kambag‘allikni 2022-yilga nisbatan 2 barobarga, 2030-yilga qadar esa keskin qisqartirish;

Kambag‘allikka tushish xavfi mavjud bo'lgan 4,5 million aholining daromadlarini oshirish;

Mehnatga layoqatli aholini bandligini ta'minlash orqali ishsizlik darajasini 7 foizga tushirish;

Yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Bu o'rinda banklarning roli qanday

Ayni vaqtda vazifalar ijrosi qay darajada ta'minlanmoqda

👉 Bular haqida batafsil O'zsanoatqurilishbank ofisida, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida o'tkazilgan tadbirda so'z yuritildi.

Tafsilotlar navbatdagi reportajimizda.
4👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uyim yozda - salqin, qishda - issiq, shovqin-surondan holi, va energotejamkor bo’lsin, desangiz bu mahsulot nomini eslab qoling!

BAZALT ISSIQLIK IZOLYATSIYA PLITALARI

👉 O’zsanoatqurilishbank moliyaviy ko’magi bilan ushbu innovatsion mahsulotni Xorazm viloyatida ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.

🎤 Bir guruh jurnalist va blogerlar esa mazkur korxonada bo’lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar.

Yiliga 30 ming tonna tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan va 200 nafardan ziyod aholini band qilgan korxona haqida batafsil navbatdagi lavhamizda so’z yuritiladi.
7👍4🙏1😍1
Toshkentdagi Shaxmat akademiyasida "SQB Kubogi 2024"ning respublika bosqichi bo‘lib o'tdi.

O‘zsanoatqurilishbank tizimida shaxmat bo'yicha an‘anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan "SQB Kubogi"da joriy yil 180 nafar xodim ishtirok etdi.

Sovrin jamg‘armasi 125 mln. so‘m bo‘lgan turnirning final bosqichida esa 44 nafar xodim bellashishdi.

Natijada 3 nafar erkak va 3 nafar ayol kubok sovrinini qo'lga kiritdi.

SQBning aql jangi sovrindorlariga g'alaba muborak bo'lsin, deymiz!
🔥53🤩1🕊1😍1
SQB “yashil” tashabbuslari yana bir bor e’tirof etildi

“Chapter Zero Uzbekistan” O‘zsanoatqurilishbankning “yashil” iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholab, rag’bat sertifikati taqdim etdi.

“Chapter Zero Uzbekistan” o‘tgan yili 3-iyulda Iqlimni boshqarish bo‘yicha xalqaro global tashabbus (Global Climate Initiative – CGI) doirasida tashkil etilgan loyiha bo‘lib, u global tarmoqdagi 26-faol qatnashchi hamda Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi.

O‘zsanoatqurilishbank “yashil” loyihalarni moliyalashtirish, sanoatga “yashil” texnologiyalarni keng jalb qilish, shuningdek, respublika miqyosdagi ekologik-ijtimoiy dasturlarni qo‘llab-quvvatlashni ustuvor vazifa sifatida ko’radigan “yashil” bank tamoyillarini joriy qilgan O’zbekistondagi birinchi moliya mussasasi hisoblanadi.
4🔥3👍2🕊1
Diqqat! Matbuot anjumaniga taklif qilamiz!

Joriy yilning 9-iyul kuni soat 12:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida "O‘zsanoatqurilishbank tizimida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Matbuot anjumaniga jurnalistlar va blogerlarni taklif qilamiz.


Внимание! Приглашаем на пресс-конференцию!

9 июля текущего года в 12.00 часов в Агентстве информации и массовых коммуникаций состоится пресс-конференция на тему «Работа, осуществляемая в системе Узпромстройбанка по переходу на «зеленую» экономику».

На пресс-конференцию приглашаем блогеров и журналистов.
🤝3👍1🕊1
#live

Ayni paytda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida "O‘zsanoatqurilishbank tizimida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo’lib o’tmoqda.

Anjumanni Uzreport telekanalida to’g’ridan-to’g’ri efirda kuzatib boring!

Jonli efir
🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shoh va mot!

Kuchli shaxmatchi boʻlish uchun uzoqni koʻra bilish, tashlanajak qadamlar oldindan hisoblanishi zarur. Qarangki, shiddatli transformatsiyani bosib oʻtayotgan bank sohasi ham bugun bankirlardan ana shunday xislatlarni talab qilmoqda.

SQB tomonidan anʼanaviy ravishda oʻtkazib kelinayotgan shaxmat birinchiliklari bank xodimlari oʻrtasida kelgusida kuchli strateglar yetishib chiqishiga poydevor boʻlib xizmat qilishiga ishonamiz!
5🔥2😍1🫡1
“Asian Banking & Finance” xalqaro jurnali kichik va o‘rta biznes hamda chakana biznes yo‘nalishida O‘zsanoatqurilishbankni O‘zbekistondagi eng yaxshi bank deb e’tirof etdi.

Bank tizimida chakana biznes sohasida amalga oshirilgan katta transformatsiya jarayonlari natijasida 2023 yilda chakana biznes kredit portfeli 161,5 foizga o‘sgan bo‘lsa, faol mijozlar soni 1,01 milliondan oshdi.

Bundan tashqari, O‘zsanoatqurilishbank tomonidan O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib “Supply chain” mahsuloti faol tatbiq etilib, ushbu mahsulot orqali mijozlarga oldindan ma’qullangan limit doirasida ortiqcha xat-hujjatlarsiz, qisqa muddatda va ta’minotsiz ajratilishi belgilangan.

Mazkur amalga oshirilgan ishlar “Asian Banking & Finance” jurnali tomonidan yuksak e’tirof etilishi natijasida O‘zsanoatqurilishbank kichik va o‘rta biznes hamda chakana biznes yo‘nalishida O‘zbekistonda eng yaxshi bank sifatida taqdirlandi.
👍7👏2🏆1
Forwarded from Akmal Nazarov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍👌😎🫡

Диққат, янги фирибгарлик❗️

Энди картангизда пул бўлмаса ҳам картангиз маълумотлари ва бир марталик SMS-кодни бегона шахсларга айтманг!

Фирибгарлар сизнинг номингизга кредит расмийлаштиришга уринишади.

❗️Буни қандай уддалашмоқда? Батафсил ушбу видеода.

#firibgarlik

🌐Web
🔝 Telegram 🔝 Twitter 🔝 Facebook 🔝 Instagram 🔝 Youtube 🔝 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live
#press_tur

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Andijon viloyatiga press-tur tashkil etildi. Unda ishtirokchilar Oʻrta Osiyodagi yagona loyiha – yigʻma uy-joylar ishlab chiqarish bilan shugʻullanayotgan “Modern Sunny Home” korxonasi faoliyati bilan tanishtirildi.
9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’zsanoatqurilishbankda rahbar ayollar soni 30 foizga oshiriladi.

Bu haqda “Lider ayol” loyihasining tantanali ochilish marosimida ma’lum qilindi.

Lohiha SQB hamda Toshkent shahridagi Singapur menejementni rivojlantirish institutining o’zaro hamkorligida ishlab chiqilgan bo’lib, unda joriy yil so’nggiga qadar 700 nafardan ziyod xodimlarni o’qitish maqsad qilingan.

O’quv jarayonlariga nafaqat mahalliy balki xorijiy mutaxassislar ham jalb qilinadi. Intensiv kurslarda faol qatnashgan, o’zlashtirish natijalari yuqori bo’lgan xodimlarning ilg’or xorijiy moliya muassasalarida amaliyot o’tashi ham rejalashtirilgan.

Bank Axborot xizmati
👍7🥰43🤔3🎉2🔥1🕊1💯1
O‘zsanoatqurilishbankning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tashqi audit natijalari ijobiy

Joriy yilning 9-12-iyul kunlari O‘zsanoatqurilishbankning korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi samaradorligi va xalqaro ISO 37001:2016 standart talablariga muvofiqligi bo‘yicha II Kuzatuv audit tekshiruvi o‘tkazildi. Natijada tizim faoliyati samaradorligi yuqori deb baholandi.

O‘zsanoatkurilishbank tizimida xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda xalqaro standartlar asosida ishlaydigan anti-korrupsion tizim joriy qilingan. Korrupsiya xavf-xatarlari baholanib, bu borada tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Tahlil jarayonlari “Cert International” – xalqaro sertifikatlash tashkiloti auditorlari tomonidan Bosh bank, Toshkent shahri hamda Sirdaryo viloyati mintaqaviy bank xizmatlari ofislari faoliyati misolida o‘rganildi.

Audit natijalariga asosan bank tizimida korrupsiyaga karshi kurashish borasida nomuvofiqliklar aniqlanmay, uning ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatiga munosibligi yana bir bor tasdiqlandi.
👍61
2025/07/13 18:33:42
Back to Top
HTML Embed Code: