BMAMADIEV Telegram 2212
Ingliz tilida "bully" degan so'z bor. O'zbekchada "zo'ravon" deyish mumkin. Odatda, maktabda boshqa tengdoshlarini kamsitadigan, ustidan kuladigan yoki ularga tahdid qiladigan bolalarga shu atama ishlatiladi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp ham shunaqa odam. Raqiblarini, fikriga qo'shilmaydiganlarni "bully" qilish orqali, ya'ni tahdid, haqorat va kamsitish bilan yengib kelgan.

Boshida, ya'ni Tramp siyosiy sahnaga endi qadam qo'yganda, uning bu qilig'i katta qarshilik va shov-shuvlarga sabab bo'lgan edi. Hozir esa hamma ko'nikib qoldi. Aniqrog'i, hamma uning "zo'ravon"ligi oldida taslim bo'ldi.

Matbuot prezidentning nodiplomatik va ochiqdan-ochiq haqorat va kamsitishlarga to'la gaplarini ortiq hayrat bilan yoritmayapti. Jurnalistlarni jonli matbuot anjumanlarida kalaka qilishi yangiliklar sarlavhalarida ko'rinmay qo'ydi. Tramp lug'atidagi qo'pol va o'ta nodiplomatik so'zlar endi uning matbuot kotibi tili orqali Oq uyning kunlik brifinglarida yangramoqda. Bunaqasi AQSh tarixida bo'lmagan.

Tramp mansub Respublikachilar partiyasi esa bor-budini batamom Tramp ixtiyoriga topshirdi. Mulozimlar har ikki gapining birida prezidentni alqashdan, unga "muhtaram" deya murojaat qilishdan charchamayapti.

Kongress to'liq respublikachilar nazoratida ekani hisobga olinsa, hozir AQShda Tramping qariyb mutlaq yakka hukmronligi o'rnatilgan.

Trampga qarshi tura oladigan yagona institut - bu sud hokimiyati. Lekin Tramp hatto sudyalarni ham impichment orqali ishdan bo'shatish kerakligi haqida gapirmoqda. Yoki ularni o'ziga sadoqatli odamlar bilan almashtirmoqchi.

II Jahon urushidan beri hukm surayotgan xalqaro tartib ham Tramp sharofati bilan ostin-ustun bo'lish arafasida...

Tramp Kiyev va Yevropa Ittifoqini chetlab o'tib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Ukraina urushini to'xtatish masalasida to'g'ridan to'g'ri muloqot boshlashi ortidan Yevropa o'zini qo'yarga joy topa olmay qoldi. NATO AQShsiz Rossiyaga qarshi tura olmaydi. Tramp esa Yevropaga, endi o'z aravangni o'zing tort, demoqda.

Bundan eng ko'p jabrni, albatta, Ukraina ko'radi. Tramp Ukraina rahbari Zelenksiyni mamlakatni saylovsiz boshqarayotgan "diktator" deb etadi (urush tufayli Ukrainada saylov ortga surilgan).

Zelenskiy bunday haqoratga uchrashining sababi bitta: u Tramp bilan muloqotda "o'yin qoidasi"ni buzdi; ya'ni Trampni Rossiya dezinformatsiyasi bilan sug'orilgan ma'lumotlarni tarqatishdan ehtiyot bo'lishga chaqirdi va baloga qoldi.

Tramp bunday "xiyonat"ni kechirmaydi; uning fikriga qo'shilmaydiganlar, uning xatosini to'g'rilashga jur'at qiladiganlar shu paytgacha hali maqsadiga erisha olmagan.

Xullas, Tramp Ukrainaga ultimatum qo'yyapti: yo mening shartlarim bo'yicha tinchlikka erishasan yoki Rossiya seni butunlay yanchib tashlaydi (ya'ni harbiy yordam to'xtatiladi). Zelenskiy endi AQShdan ko'ra ko'proq Yevropa Ittifoqi yordamiga ko'z tikmoqda. Yevropa esa AQShsiz nima qila olishi hali aniq emas.

Bu mashmashalardan eng ko'p Rossiya yutadi. Tramp iddaolari Kreml propagandasi uchun tayyor yemish. Axir, kimsan AQSh prezidenti Ukraina urushiga Zelenskiyning o'zi aybdor dedi; shaxsan AQSh rahbari Zelenskiyni diktator deb atadi.

Bu ma'lumotlar yozilgan plastinka Kreml soyasidagi minbarlarda hali uzoq yillar aylantiriladi.

@bmamadiev

tgoop.com/bmamadiev/2212
Create:
Last Update:

BY Vashington kundaligi

Share with your friend now:
tgoop.com/bmamadiev/2212

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

The administrator of a telegram group, "Suck Channel," was sentenced to six years and six months in prison for seven counts of incitement yesterday. Just as the Bitcoin turmoil continues, crypto traders have taken to Telegram to voice their feelings. Crypto investors can reduce their anxiety about losses by joining the “Bear Market Screaming Therapy Group” on Telegram. Administrators 2How to set up a Telegram channel? (A step-by-step tutorial) Find your optimal posting schedule and stick to it. The peak posting times include 8 am, 6 pm, and 8 pm on social media. Try to publish serious stuff in the morning and leave less demanding content later in the day.
from us

Telegram Vashington kundaligi
FROM American