BMAMADIEV Telegram 2213
Bugun Oq uyda juda achinarli va kutilmagan tomosha bo'ldi. Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat nodir metallarini AQSh bilan birgalikda qazib olish bo'yicha bitim imzolashi kutilgan edi.

Bu xabar qayta-qayta eslatilganiga qaraganda, tomonlar allaqachon bu masalada kelishuvga erishib bo'lgan va uni namoyishkorona imzolash marosimi o'tkazilishi kerak edi, xolos. Bu bitim Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini boshlashning birinchi qadami bo'lishi ham kutilgan edi.

Ammo bitim imzolanmadi. Tramp bilan hech qanday muzokaralar ham o'tkazilmadi. Chunki Tramp va Zelenskiy asosiy uchrashuvdan oldin jurnalistlar bilan an'anaga muvofiq o'tkaziladigan qisqa muloqot paytida janjallashib qoldi.

Bir soatga cho'zilgan bu uchrashuvning birinchi yarmi silliq kechdi. Tomonlar qizishmagan holda jurnalistlar savollariga javob berdi. Yarim soatlar o'tgach, oraga Vitse-prezident J.D. Vens qo'shilib, Zelenskiyni AQShga hurmatsizlik ko'rsatishda, shukr qilmayotganlikda aybladi. Bundan Zelenskiyning jahli chiqib, qizishib ketdi. Shundan keyin Trampniki ham tutib qoldi va keskin gaplar bilan Zelenskiyni tergab, "bizsiz hech narsa qila olmaysiz", dedi.

Bunaqa mashmasha AQSh tarixida kuzatilmagan. Oq uyda xorijiy davlat rahbari bilan bunaqa tortishuv bo'lishi kinolarda ham yuz bermagan, menimcha.

Men Zelenskiyga achindim. U Rossiyaning bosqinchi ekanini qayta-qayta uqtirishga urindi, ammo bu mezbonlarga yoqmadi.

Zelenskiyning qiyofasida horg'inlikni sezish qiyin emas edi. Axir, faol urush domida bo'lgan davlatni uch yildan beri boshqarishning o'zi bo'lmaydi. Keyin, u o'zini juda jaydari tutdi; go'yoki prezident Trampni yaxshi tanimaydigan, u bilan birinchi marta gaplashayotgan odamdek.

Oq uyga kelgan boshqa davlat rahbarlaridek, u Trampga ko'p xushomad qilmadi; har so'zida bosh irg'ab uni ma'qullab turmadi.

Qolaversa, tarjimonsiz o'zi gaplashishi ham, menimcha, uning zarariga ishladi. Zelenskiy ingliz tilida erkin gapira olmaydi; shuning uchun ba'zi fikrlari qo'pol chiqdi va mezbonlarning ensasini qotirdi. Balki ukrain tilida, tarjimon orqali gaplashganda, ehtimol, bugungi mojaro yuz bermagan bo'lardi.

Uchrashuvdan so'ng Zelenskiydan va Ukraina delegatsiyasidan Oy uyni tark etish so'ralgan; hatto tushlikka ham taklif qilishmagan.

Kremlda bugun bayram emish.

@bmamadiev

tgoop.com/bmamadiev/2213
Create:
Last Update:

BY Vashington kundaligi

Share with your friend now:
tgoop.com/bmamadiev/2213

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Developing social channels based on exchanging a single message isn’t exactly new, of course. Back in 2014, the “Yo” app was launched with the sole purpose of enabling users to send each other the greeting “Yo.” "Doxxing content is forbidden on Telegram and our moderators routinely remove such content from around the world," said a spokesman for the messaging app, Remi Vaughn. While the character limit is 255, try to fit into 200 characters. This way, users will be able to take in your text fast and efficiently. Reveal the essence of your channel and provide contact information. For example, you can add a bot name, link to your pricing plans, etc. Although some crypto traders have moved toward screaming as a coping mechanism, several mental health experts call this therapy a pseudoscience. The crypto community finds its way to engage in one or the other way and share its feelings with other fellow members. Joined by Telegram's representative in Brazil, Alan Campos, Perekopsky noted the platform was unable to cater to some of the TSE requests due to the company's operational setup. But Perekopsky added that these requests could be studied for future implementation.
from us

Telegram Vashington kundaligi
FROM American