tgoop.com/bmamadiev/2214
Last Update:
"Tesla Model Y" elektromobilini birinchi marta haydab olgan taassurotlarim:
1. Rulni harakatlantirish qattiqroq tuyuldi. Oldingi "Mazda" mashinamning ruli ancha yumshoq edi.
2. Tormoz pedalini deyarli umuman ishlatishga hojat bo'lmas ekan. Gazdan oyog'ingizni olsangiz, avtomobil o'zi sekinlashadi va to'liq to'xtaydi.
3. Mashinani o't oldirish yoki o'chirish degan narsalar yo'q. Avtomobilga o'tirsangiz bo'ldi, u doim haydash uchun tayyor. Mashinani parkovkaga qo'yib, chiqib ketaverasiz. Ishlatilmagan kompyuter yoki telefon kabi o'zi "uyqu"ga ketadi.
4. Mashinani ochish va yopish uchun kalit yo'q. Hammasi telefondagi "Tesla" ilovasi orqali ishlaydi. Avtomobilga yaqinlashsangiz, o'zi avtomatik ochiladi; yopib chiqib ketsangiz, avtomatik qulflanadi. Bank kartasiga o'xshagan qo'shimcha kartochka ham bor; hamyoningizda yuradi. Mabodo telefoningiz o'chib qolsa, shu orqali ochib, yopish mumkin.
5. Tezlik olishi ancha tez. Tezlik pedalini bosganingizda, bu yaqqol seziladi.
6. Hamma narsa kabina o'rtasidagi katta displey ekrandan boshqariladi. Rulda burilish signali va haydash rejimiga o'tkazadigan tayoqchalar bor, lekin yangi modellardan bular ham olib tashlandi.
7. Navigatsiya uchun "CarPlay" orqali telefonimdagi "Google Maps"ni ishlatishga o'rgangan edim. "Tesla"da bunday imkoniyat yo'q, lekin o'zining navigatsiya tizimi juda yaxshi ishlayapti.
7. Xullas, "Tesla" elektromobilini to'rtta g'ildirak ustidagi kompyuter deb atash mumkin.
@bmamadiev
BY Vashington kundaligi
Share with your friend now:
tgoop.com/bmamadiev/2214