Notice: file_put_contents(): Write of 424 bytes failed with errno=28 No space left on device in /var/www/tgoop/post.php on line 50

Warning: file_put_contents(): Only 8192 of 8616 bytes written, possibly out of free disk space in /var/www/tgoop/post.php on line 50
Bobil Kutubxonasi@bobil_kutubxonasi P.6451
BOBIL_KUTUBXONASI Telegram 6451
Bugun taksida kunlik mutolaa rejamni to’ldira turib, bu rejaning qachon rutin holiga kelganini esladim.

O’n olti yoshmidim, bilmadim. Qisqasi, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf haqida bir video ko’rdim. U odamning kunda yuz bet o’qishgani borasida gapirilayotgandi. Ikki yillar o’tgach, TV’da ishlagan mahalim Xayrulla Hamidov aka bilan bitta xonada o’tirardik. Suhbatlarimizdan birida ham ular Shayxning bu odatini ko’p alqashgandi. Bobom ham bu odamni hurmat qilganini bilgach, ular haqida ma’lumot to’play boshladim.

O’sha paytlar Freyd haqida endi o’rganish boshlangan, psixoanaliz esa asosiy qiziqishimga aylangandi. Shunda Shayxga (uzr, hazrat qo’shimchasi menga biroz erish tuyuladi) Freyd haqida berilgan savolni o’qidim. U kishi esa hech qanday diniy gaplarsiz Freydning ko’p nazariyasi bugunga kelib eskirgani va yaroqsiz holga kelganini tushuntirib berishgandi.

Aynan shu va yuqoridagi yuz betlik mutolaa odati menga boshqacha ta’sir qilgan va men ham kuniga kamida ellik bet o’qishni odat tusiga kiritgandim.
Bugun ko’pchilik menga ko’p o’qish toliqtirishi, miyamga dam berishim kerakligini aytadi. Vaholanki, aslida kunning eng jozib soatlari shu men uchun. Tashqi dunyo holdan toydiradi.

Gap bunda ham emas. Bugun Freydni ilmiy taraflama rad qilish tugul nechta diniy avtoritet u haqida bemalol gapiroladi? Uni kofir yo johil demay holis fikr bildiroladi?
Dindor emasman. Hatto, biroz ochiq aytadigan bo’lsam, din bilan aloqam yo’q. Biroq, Shayxni doim hurmat qilganman. Shunday ulamolar ko’paysa, menimcha hech kim qarshilik qilmasa kerak.

O’zingiz uchun diniy ideal izlayotgan paytingiz, yagona ishi lgbt yo boshqa haqida vasvasa bilan ma’viza o’qiydiganlarni emas, to’g’ridan to’g’ri shayxni tanlashingiz foydadan holi emas, menimcha. Chunki, dunyoviylikdan uzilmay, dogmalarsiz, faqat bilmoq va o’rganmoq bilan Tangriga yaqinlashuvni shu odam o’rgatoladi chamamda.

Mirzohid

@bobil_kutubxonasi

tgoop.com/bobil_kutubxonasi/6451
Create:
Last Update:

BY Bobil Kutubxonasi

Share with your friend now:
tgoop.com/bobil_kutubxonasi/6451

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Polls Read now Telegram offers a powerful toolset that allows businesses to create and manage channels, groups, and bots to broadcast messages, engage in conversations, and offer reliable customer support via bots. To delete a channel with over 1,000 subscribers, you need to contact user support Those being doxxed include outgoing Chief Executive Carrie Lam Cheng Yuet-ngor, Chung and police assistant commissioner Joe Chan Tung, who heads police's cyber security and technology crime bureau.
from us

Telegram Bobil Kutubxonasi
FROM American