BOBIL_KUTUBXONASI Telegram 6513
FarDuda ishlash fikri va uyoqdagi domlalarning tarjimai hollariga qiziqish meni boshqa universitetlardagi filologlar bo'yicha o'rganishga undadi.

Viloyatlar, Qoraqalpog'iston va Toshkentdagi filologiya fakultetlarini qarab chiqdim. Hamma deyarli bir xil.
Aytib qo'yay, bu tanqid yo pamflet emas. Hurmatga sazovor akademiklarimiz ko'p. Faqat, o'zim tushunmagan narsalar yo takliflarim haqida yozmoqchiman.

1. Domlalarning tarjimai holi soliq idorasi yo umuman, oddiy davlat nozirinikidan farq qilmaydi. PhD qilgani haqidagi ma'lumot bilan odamlarning akademiyada ishlashini isbotlolmaysiz.
Taklif: Bir domla uchun alohida sahifa ajratgan payt uning nomzodlik/doktorlik/dotsentlik/professura ishlarini ham qo'yish, ilmiy qiziqish hamda tadqiqot mavzularini izohlash kerak.

Masalan:
Gulchehra Nurullayeva, Palonchi Davlat Universiteti, xorijiy filologiya fakulteti. PhD, dotsent.
Tadqiqot mavzusi: Elizabethan Era British Theatre, Shakespeare, Tragedy
Ilmiy Qiziqishlari: Shekspir tragediyalarida ayol tasviri, ayollar tarixi vs tarix ayollari

Shu ma'lumotlar orqali, masalan men universitet tanlayotgan payt kelajakda birga ishlaydigan domlamni ham kashf qilaman.
Men, masalan 1920-yillar amerikan adabiyoti bo'yicha ishlamoqchiman va bu bo'yicha ishlagan domla Toshkentda yo'q, faqat GulDuda bor. Ana, GulDuga boraman va uning qo'lida ishlayman.
Biz buni ustoz-shogirdlik an'anasi deb ataymiz. Men dissertatsiyamni Nabokov haqida yozsamu domlamning mutaxassisligi qora tanli yozuvchilar adabiyoti bo'lsa, ishoning, o'sha dissertatsiya hech vaqoga yaramaydi.

O'zbekistonda bu juda katta muammo. Chunki, ba'zan menga domlalar yozishadi, Turkiyada qandaydir ilmiy konferensiya bormi yo biron akademik bilan meni tanishtirib qo'yolasizmi, deyishadi. Keyin esa ulardan ilmiy qiziqishlarini so'rayman. Ko'pincha juda mujmal javob berishadi.
Turkiyada ekologik adabiyot bo'yicha konferensiya bo'lyaptimi? Bu o'zbek domla mavzuga qiziqsa qiziqmasa shosha-pisha maqola yozadiyu jo'natadi. Bu maqola ilmga hissa qo'shadimi, farqi yo'q. Shundog'am, ko'pincha o'tmaydiyam maqolasi. Shunchaki songa ishlanadi.

Keyingi masala esa beriladigan darslar.
O'zbekistonda talabalar va domlalarga juda og'ir yuk yuklanadi, lekin olingan bilim juda chala bo'ladi. Bunga sabab esa darslarning o'ta umumiyligi.
Masalan, bitta odam talabalarga butun boshli Ingliz Adabiyoti Tarixi degan darsni berolmaydi. Bunga hech kimning bilimi yetmaydi. Chunki, sizning o'n yillik akademik faoliyatingizda Rim imperiyasidan keyingi davrdan to yigirmanchi asr oxirigacha cho'zilib ketgan bir adabiyotni to'liq bilishingiz mumkin emas. Buning o'rniga, domlalar talabalarga adabiy tarix qanday o'rganilishini o'rgatishlari kerak. Umumiy bo'lmasin, domla faqat o'zi mutaxassisi bo'lgan o'ta spesifik davrni o'rgatsin:
XVI asr ingliz she'riyatida mistisizm.
Faqat shu mavzuni o'rgatish asnosida u talabalarga ilmiy tadqiqot metodi, manbalar bilan ishlash, bir shoirga qanday qarash, tadqiqot payti tarixiy davrga qanday yondoshish kerakligini singdiradi. Talaba qiziqsa, o'zi keyin internetdan o'rganib olaveradi.
Misol, men hozir amerikan adabiyoti bo'yicha Janub Gotikasi, Rus-Amerikan Muhojir Adabiyoti va Romanesk Haqiqat darslari beraman. Hatto bular ham menimcha juda umumiy. Janub Gotikasi o'rniga faqat Folknerga ajratilgan darsim bo'lsaydi, deyman. Folkner misolining o'zidayoq talabalar janub gotikasini tushunib olishadi.

Universitet bilan maktabning farqi bor. Universitetda, ijtimoiy fanlar uchun aytyapman, sizga asosan qanday o'rganish kerakligi haqida ma'lumot beriladi. Shekspirning nechinchi yil qaysi dramasini yozganini hammamiz internetdan ko'rib olaveramiz. O'zbek oliy ta'limida shuni tushunish muammo.
Universitetni bitirib chiqqanda talaba mayli, sohasidagi hamma narsani, raqamlaru janr nomlarini, nazariyalaru metodlarni suv qilib ichmagan bo'lsin, lekin tanqidiy fikrlash va ilmiy muhit yarata olish ko'nikmasini qo'lga kiritsin. Akademiya shunday ishlaydi.

tgoop.com/bobil_kutubxonasi/6513
Create:
Last Update:

BY Bobil Kutubxonasi

Share with your friend now:
tgoop.com/bobil_kutubxonasi/6513

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Other crimes that the SUCK Channel incited under Ng’s watch included using corrosive chemicals to make explosives and causing grievous bodily harm with intent. The court also found Ng responsible for calling on people to assist protesters who clashed violently with police at several universities in November 2019. In the next window, choose the type of your channel. If you want your channel to be public, you need to develop a link for it. In the screenshot below, it’s ”/catmarketing.” If your selected link is unavailable, you’ll need to suggest another option. A few years ago, you had to use a special bot to run a poll on Telegram. Now you can easily do that yourself in two clicks. Hit the Menu icon and select “Create Poll.” Write your question and add up to 10 options. Running polls is a powerful strategy for getting feedback from your audience. If you’re considering the possibility of modifying your channel in any way, be sure to ask your subscribers’ opinions first. To edit your name or bio, click the Menu icon and select “Manage Channel.” Matt Hussey, editorial director at NEAR Protocol also responded to this news with “#meIRL”. Just as you search “Bear Market Screaming” in Telegram, you will see a Pepe frog yelling as the group’s featured image.
from us

Telegram Bobil Kutubxonasi
FROM American