tgoop.com/ecopartyuzb/35072
Last Update:
Ekologik xavfsizlik yo‘lida mustahkam hamkorlik
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ma’naviyat va ma’rifat markazida o‘tkazilgan “Mamlakatda ekologik xavfsizlikni barqarorlashtirish tendensiyalari: ekomuvozanatni mustahkamlashda istiqbolli yondashuvlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Bu tadbir nafaqat atrof-muhitni muhofaza qilishdek dolzarb masalalarni muhokama qilish bilan birga davlat idoralari va nodavlat tashkilotlar o'rtasida mustahkam hamkorlik o'rnatish, vazifalarni belgilab olishga katta imkon bo'ldi.
Konferensiyada muhokama qilingan g‘oya va takliflar shuni ko‘rsatadiki, davlat tashkilotlari va jamoatchilikning birgalikdagi harakatlari natijasida mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash borasidagi ishlar samarasi sezilarli oshishi aniq.
Oybek Karimov,
O’zbekiston Ekologik partiyasi
Sirdaryo viloyat Kengashi raisi