tgoop.com/eresearch_iqtisodiyot/422
Last Update:
#tavsiya
Insonni qadriyatlari,
hayvonni instinktlari boshqaradi
O'ylab ko'raylik hozir ko'pchiligimizni qadriyatlarimiz qanday:
- kattani hurmat qilish;
- mehmondo'stmiz;
- boshliqni gapiga kiramiz;
- mehnatsevarmiz;
- nonni e'zozlaymiz;
- ko'nikuvchanmiz va hokazo;
Lekin, shuning o'zi yetarlimi?!
Qadriyat degani, agar kishida u bo'lmasa, yashagandan ko'ra o'lgani yaxshi degani, bu narsa uchun umrini oxirigacha kurashib yashash kerak degani.
Amerikaliklar uchun bu erkinlik, yevropaliklar uchun inson qadri, yaponlar uchun boshqalar haqida qayg'urish.
Bizchi, nima uchun kurashib yashashimiz, nima uchun umrimizni bag'shida etishimiz kerak? Balkim:
- bilim olish va boshqalarga bilim berish uchun jonimizni berib yasharmiz?
- yoki balkim adolat bo'lishi uchun, hammaga bir xil qaralashi uchundir?
- yoki o'zbek millati va xalqini qadr-qimmati uchunmi?
Nima bo'lganda ham qadriyatlarimiz bizni kimligimizni aniqlab beradi.
@eresearch_iqtisodiyot
BY eResearch - Iqtisodiyot
Share with your friend now:
tgoop.com/eresearch_iqtisodiyot/422