tgoop.com/eresearch_iqtisodiyot/433
Last Update:
#fan
Bir rasmda butun boshli iqtisodiyot fani, nobel olgan olimlar fikrlari tasvirlab berilgan.
Iqtisodiyot erkin bo'lishi va firmalarga erkinlik berish kerak (klassik va neoklassiklar yondashuvi).
Yo'q, externality, incomplete markets va market power kabi holatlar firmalarga rivojlanishga xalaqit beradi (yangi keynschilar yondashuvi):
-Har bir tovar va xizmat uchun bozor mavjud deyish xato (externality). Masalan, havoni ifloslayotganlar ifloslash huquqini sotib olmaydi.
-Bozorga kirish xarajatlari nolga teng deyish xato (incomplete markets). Masalan, yangi firma bozorga kirish uchun katta marketing xarajatini qilishi kerak.
-Biror bir firma bozordagi narxlarga ta'sir qila olmaydi deyish xato (market power). Masalan, biror katta firma demping usulida kichiklarini o'yindan chiqarishi mumkin.
Bu holatlarni to'g'irlash uchun bozorga davlat aralashishi kerak.
Lekin, ko'p holatlarda davlat "sallasini olaman deb boshini olib qo'ymoqda".
Bir kam dunyo.
@eresearch_iqtisodiyot
BY eResearch - Iqtisodiyot

Share with your friend now:
tgoop.com/eresearch_iqtisodiyot/433