HUDUDGAZ_NAMANGAN Telegram 6000
ASOSIY MAQSAD – DOIMIY E’TIBOR, E’TIROF VA KO‘MAK

Namangan viloyatida joylashgan “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filialida kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda sohaning mas’ul rahbarlari, kasaba uyushmasi vakillari va mehnat huquqi inspektorlari ishtirok etishdi.

Tadbirda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Bosh mehnat huquq inspektori B.U. Abdullayev, Bosh yuristkonsult I.D. Isoqov, mehnat huquqi inspektori A.A. Imomov, “Hududgazta’minot” AJ birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Sh.J. Axmedov hamda Namangan viloyati kasaba uyushmalari Federatsiyasi mehnat huquqi inspektori B.A. Rahimberdiyev ishtirok etishdi. Shuningdek, “Hududgaz Namangan” filiali suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.M. Xo‘jayev ham konferensiyaning muhim ishtirokchilaridan biri bo‘ldi.

Yig‘ilish davomida qo‘mita raisi tomonidan hisobot tinglandi va amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ishtirokchilar tomonidan ayni paytda filialda kasaba uyushmasi faoliyati yangi bosqichga chiqqanligi alohida ta’kidlandi. Xususan, ish jarayonida vafot etgan xodimlarning oilalari va farzandlari holidan doimiy xabar olinishi, ustozlar va fidoiy xodimlarning munosib e’tirof etilishi, xodimlar farzandlariga bayramlarda sovg‘alar ulashilishi va ularning salomatliklarini tiklash uchun ko‘mak ko‘rsatilayotgani konferensiya ishtirokchilari tomonidan yuqori baholandi.

Konferensiya kun tartibiga ko‘ra, kasaba uyushmasi qo‘mitasining yangi raisi saylovi ham o‘tkazildi. Yashirin ovoz berish natijasiga ko‘ra, Sobirov Abdulbosi Dedamirzayevich filial boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi etib saylandi.

Ushbu konferensiya mehnatkashlarning manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ishchi-xodimlarga munosib mehnat sharoitini yaratish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. “Hududgaz Namangan” rahbariyati hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi kelgusida ham xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga, ularning ijtimoiy farovonligini oshirishga doimiy e’tibor qaratishini ta’kidladi.

“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

@hududgaz_namangan

tgoop.com/hududgaz_namangan/6000
Create:
Last Update:

BY "HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

Share with your friend now:
tgoop.com/hududgaz_namangan/6000

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

So far, more than a dozen different members have contributed to the group, posting voice notes of themselves screaming, yelling, groaning, and wailing in various pitches and rhythms. Administrators 6How to manage your Telegram channel? Telegram has announced a number of measures aiming to tackle the spread of disinformation through its platform in Brazil. These features are part of an agreement between the platform and the country's authorities ahead of the elections in October. Ng, who had pleaded not guilty to all charges, had been detained for more than 20 months. His channel was said to have contained around 120 messages and photos that incited others to vandalise pro-government shops and commit criminal damage targeting police stations.
from us

Telegram "HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali
FROM American