HUZURKITOBLARI Telegram 1171
Forwarded from Birburchak
#finished

Knut Hamsun – "Ochlik"

Ochlik qora tuynukka o‘xshaydi. Odamni ichidan turib yemiradi. Jismoniyatdan ruhiyatga ko‘chadi. Undagi ustunlarni, g‘urur, nomus va boshqa shu kabi tuyg‘ularni asta-sekin yeb bitiradi. Bunda inson qalbida, o‘lchovlarida, qayg‘u va quvonchlarida qanday o‘zgarishlar bo‘lishini Knut Hamsun maromiga yetkazib tahlil qiladi.

Romanni o‘qirkansiz, ochlikni ilk daf’a his qilayotgan odamning tuyg‘ulari bilan tanishasiz. Uning ichki dialoglari, fikrlari anchayin teran ekanini ko‘rishingiz mumkin. Kitob varaqlanar ekan ochlikka, yo‘qsillikka omuxta kunlar uzayaveradi. Asar qahramonining his qilayotganlari, ichki dialoglari esa qanchalar chalkashib, telbavor bo‘lib borishiga guvoh bo‘lasiz.

Kitobni o‘qiyotib yoshligim esimga tushdi. Hali kichik bola ekanman, onamga bobomlarnikiga boraylik deb janjal qilardim. Chunki biznikida(deyarli hammanikida) jo‘xoridan qilingan sariq "zog‘ora non" yeyilardi. Bug‘doy un qahatchilik. Katta-kichikning jig‘ildonini qaynatib shunday zada qiladigan narsa edi bu "zog‘ora non" deganlari. Odamlar o‘lganning kunidan, majburlikdan yeyishardi.

Qishloqdagi ba’zi kishilarnikidagina qop-qora, bug‘doy unidan qilingan non topilardi. Naq xazina deyavering. Ana shunday joylardan biri edi men bobomnikiga boraman degan oila. Mehmonga borsak ikkita "zog‘ora non" va ustiga kichikroq qora non qo‘yishardi. Hamma bu nonni juda qimmatbaho narsa sifatida ko‘rib teginmasdi. Hamma o‘sha ostida turgan sariq nondan yerdi. Ana shunda mendek kichkina bola uchun bir parcha qora non berilardi.

Bola bo‘lganim uchun ham ana shu marhamat sabab qayta-qayta shuyoqqa boraylik deb janjal qilganman. Kerak bo‘lsa borganimizga 2-3 soat bo‘lgan bo‘lsa ham yana boraylik deb xarxasha qilgan paytlarim bo‘lgan. Onam esa ko‘pincha olib bormasdilar. Men esa tushunmasdim. Nega har kuni bormaymiz bobomnikiga? Axir tayyor non bo‘lsa. Uyda yo‘q paytlari shuyoqdan yeb kelsak bo‘lmaydimi deb o‘ylardim. Tushunmasdim, bola edim. Bo‘lmas ekan…

Hamsunning qahramoni bo‘ydoq, dardi yolg‘iz boshiga edi. Ammo otalarda, onalarda ochlikning iztiroblari qanchalar og‘ir bo‘lgan ekan a? Urush davrida, undan keyingi yillarda va mustaqillikning dastlabki o‘n yilliklarida biznikilar ham ana shunday og‘ir kunlarni yashashgan. Norveg yozuvchisi ana o‘sha iztiroblar haqida bir inson misolida yozadi. O‘sha inson orqali yer yuzidagi boshqa, turli davrlardagi insonlarning ochlikdagi iztiroblariga guvoh qiladi…

➡️@qora_yigit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4028🔥3

tgoop.com/huzurkitoblari/1171
Create:
Last Update:

BY Huzur kitoblari

Share with your friend now:
tgoop.com/huzurkitoblari/1171

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Healing through screaming therapy The visual aspect of channels is very critical. In fact, design is the first thing that a potential subscriber pays attention to, even though unconsciously. To delete a channel with over 1,000 subscribers, you need to contact user support The SUCK Channel on Telegram, with a message saying some content has been removed by the police. Photo: Telegram screenshot. The public channel had more than 109,000 subscribers, Judge Hui said. Ng had the power to remove or amend the messages in the channel, but he “allowed them to exist.”
from us

Telegram Huzur kitoblari
FROM American