ILM_DURI Telegram 2119
Bugun nikoh qiyin qilib yuborilgan

Shayxul islom, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar:
Hazrati Jobir roziyallohu anhu bir kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallam huzurlariga tashrif buyurdilar va: Ey, Allohning Rasuli! Men bir ayolga nikohlandim dedilar. (Imom Buxoriy rivoyati)
Bu sahobiy Nabiy sollallohu alayhi vasallamga juda yaqin sahobalardan edilar va har doim Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan uchrashib turar edilar. Lekin nikohda ishtirok etishga taklif qilmadilar. Chunki, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning muborak davrlarida shunday umumiy odat bor ediki, nikoh uchun biror xos e’tibor qilinmas edi. Nikoh bo‘lyapti degani, bu bir to‘fon ko‘tarilyapti degani emas edi. Bir necha oylardan beri unga tayyorgarlik bo‘lyapti….. va butun oilada uning to‘s-to‘poloni, u siz nikoh bo‘lishi mumkin emas.
Shari’at nikohni qanchalik oson qilgan edi. Biz uni keraksiz va noto‘g‘ri rasm-rusumlar orqali shunchalik qiyin qilib oldik. Buning oqibatiga nazar soling, qizlar turmushga chiqa olmay uyda o‘tirib qolganlar. Bunga sabab sep tayyorlashlik uchun pul yo‘qligidir. Bu dabdabali to‘y tantanasini qilishlik uchun pul yo‘qligidir. Endi, bu ishlarga pul to‘plashlik uchun halol-xarom bir bo‘lib ketyapti. Bu barcha rasm-rusumlarni biz o‘zga din vakillaridan olib olganmiz. (Love story to‘ydan oldingi sevgi tarixi va uni xammaga to‘yxonada namoyish etishlik, kelinning dugonalariga gul otishi, kuyovning axmoqona banan otishi, ota qizini yetaklab kelib, to‘yxonada kuyovga topshirishi, kelinning kuyov va qaynotasi bilan vals tushishi, yarim yalang‘och kelinlik liboslari........va hokazo).
Nabiy sollallohu alayhi vasallam bayon qilgan sunnat yo‘lini tark qildik. Buning oqibati shuki, halol (nikoh orqali oila qurish) yo‘llari yopilib qolgan. Halol yo‘l orqali xohishlarini qondirishlik uchun juda ko‘p mol davlatga ega bo‘lishlik zarurdir. Milionlab puli bo‘lsa, o‘shanda to‘y qila oladi, bo‘lmasa, yo‘q. Ikkinchi tarafdan atrofdagi behayolik sababli nafsoniy va shahvoniy xislar junbushga kelgan. Uni halol yo‘l ila qondirishlik imkoni bo‘lmagach, harom yo‘lga qadam tashlanmoqda.... shuning uchun bu keraksiz rasm-rusumlar jamiyatimizni halokat qirg‘og‘iga yetkazib qo‘ygan.

(Islahiy xutbaat kitobidan.2-jild, 102-bet. Abdulqayyum Komil tarjimasi)

🎯 @ilm_duri

tgoop.com/ilm_duri/2119
Create:
Last Update:

BY Ilm duri

Share with your friend now:
tgoop.com/ilm_duri/2119

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

"Doxxing content is forbidden on Telegram and our moderators routinely remove such content from around the world," said a spokesman for the messaging app, Remi Vaughn. 6How to manage your Telegram channel? Informative How to create a business channel on Telegram? (Tutorial) Add up to 50 administrators
from us

Telegram Ilm duri
FROM American