⚡️Bog'chalar rahbar va pedagoglari rag'batlantiriladi
🗓 Farmonga ko'ra,
2025 yil 1 yanvardan:➖maktabgacha ta'lim tashkilotining
direktori o'rinbosari lavozimi joriy etiladi;
➖respublikaning barcha tuman
(shahar)larida kamida bittadan
tayanch maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati yo'lga qo'yiladi;
➖barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida malaka oshirishning
“Metodik mahorat soati”, tayanch maktabgacha ta'lim tashkilotlarida esa
“Metodik mahorat kuni” kabi shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi;
➖trener sifatida faoliyat yuritayotgan direktor o'rinbosarlariga lavozim maoshining
20 foizi miqdorida qo'shimcha
har oylik ustama haq to'lanadi.
🗂 2025 yil 1 martdan tajriba-sinov tariqasida respublikaning uzoq va chekka hududlarida joylashgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun
mobil malaka oshirish xizmatlari joriy etiladi.
❗️Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri jamg'armasi hisobidan maktabgacha ta'lim tashkilotlari
rahbar va pedagog kadrlarini ham rag'batlantirishga ruxsat etiladi.
🗓 2025 yil 1 yanvardan tajriba-sinov tariqasida har bir tuman
(shahar)dagi bittadan umumiy turdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida
inklyuziv ta'lim guruhlari ochiladi.
🇺🇿 @imtiyozuz