KITOB_NURI Telegram 4160
#Kitobdan

🌸 Bugun baxtlisan!

 ✔️ Imon – qayg‘u-g‘amlarni ketkazuvchi, imon – Allohni yolg‘iz deguvchilarning shodligi, obidlarning tasallisidir. O‘tgan narsa o‘tib ketdi, o‘tmish nihoyasiga yetdi, u haqida o‘ylama. Bitilgan qazoi qadarga, taqsimlangan rizq-ro‘zga rozi bo‘l, xavotirni tark et. Ogoh bo‘l! Allohni zikr qilish bilan qalblar orom oladi, gunohlar kamayadi. Gʻayblarni biluvchi Zot rozi bo‘lsa, g‘am-qayg‘ular chekinadi.

✔️ Birovdan rahmat kutma, barcha hojatlar Undan so‘raladi. Hech kimga muhtoj bo‘lmagan mangu tirik Zotning savobi senga kifoya. Tong otgach, tunni kutma, buguning uchun yashab, buguning uchun g‘am chek, ertang uchun g‘am chekma. Chunki bugunning islohi ertaning islohidir. Qalbingni hasad-adovatdan pok tut, qalbingdan nafrat, jirkanishni chiqarib tashla. O‘zingni yaxshi odamlarga yaqin tut. Uyingdagi ishlarga mashg‘ul bo‘l, odamlarga kamroq aralash.

✔️ Kitob eng yaxshi do‘st, kitoblar bilan hamsuhbat bo‘l. Ilmni do‘st tut, ma’rifatga hamroh bo‘l. Koinot tartib-intizomdan iborat. Uy-joy, kiyim-kechak bilan bog‘liq majburiyatlaringda tartibga rioya qil. Badantarbiya bilan shug‘ullan, dangasalik, maqsadsiz hayot kechirishdan uzoq bo‘l hamda bekorchilik, ishsizlikka nuqta yo‘q.

✔️ Tarixni o‘qi, undagi hodisalar haqida fikr yurit, xulosa qil. Hayotingni yangila, yashash uslublarini o‘zgartir, xurofiy odatlardan voz kech. Badbinlik, omadsizlik va ma’yuslikni targ‘ib qiladigan kitoblarni o‘qima. Parvardigoringning mag‘firat daryosi keng ekanini, bandalarini avf etib, tavbalarini qabul qilishini, yomonliklarni yaxshilikka o‘zgartirishga qodir Zot ekanini esla...

✔️ Qur’on bilan yasha, uni yod ol, tilovat qil, tingla, fikr et. Chunki Qur’on barcha g‘am-qayg‘ularning eng yaxshi davosidir. Alloh taologa tavakkul qil, ishlarni Unga topshir, Uning hukmiga rozi bo‘l, Unga murojaat qil, Ungagina ishon.

✔️ Senga zulm qilganni kechir, sendan uzilganga bog‘lan, ehson qil, zolimlarga halim bo‘l, osuda hayot kechirasan. Kelajakka ishonch bilan qara, noumid bo‘lma. Alloh ixtiyorida ekaningdan xursand bo‘l, chunki sen g‘am-alam yoki shod-xurramlikning qaysi biri senga foyda ekanini bilmaysan. Balo-ofat seni Alloh taologa yaqinlashtiradi, duoni o‘rgatadi, sendan kibr, manmanlik va faxr tuyg‘ularini ketkazadi.

✔️Gumon-shubhalardan, buzuq fikr-xayollardan uzoq bo‘l. Dunyo g‘am-anduh, tashvish va xavotir hovlisidir. Alloh taolo senga yetgan g‘am-anduh, ochlik, faqirlik, kasallik, musibatlarning barchasiga ajr-mukofot beradi. Musibat ko‘zlarni ochib, qalblarni uyg‘otadi, nafsni tiyadi, qullikni eslatib, savobni oshiradi. Falokatni kutma, mish-mishlarga ishonma, uydirmalarga taslim bo‘lma...

✍️ DoktorOiz Qarniyning “Mahzun bo‘lma” kitobidan

📚 @kitob_nuri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

tgoop.com/kitob_nuri/4160
Create:
Last Update:

BY Kitob nuri

Share with your friend now:
tgoop.com/kitob_nuri/4160

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

ZDNET RECOMMENDS Joined by Telegram's representative in Brazil, Alan Campos, Perekopsky noted the platform was unable to cater to some of the TSE requests due to the company's operational setup. But Perekopsky added that these requests could be studied for future implementation. Concise Telegram Android app: Open the chats list, click the menu icon and select “New Channel.” The optimal dimension of the avatar on Telegram is 512px by 512px, and it’s recommended to use PNG format to deliver an unpixelated avatar.
from us

Telegram Kitob nuri
FROM American