tgoop.com/kitob_nuri/4542
Last Update:
#Kitobdan
Gunohlar lazzatlidir. Chunki u nafs tabiatiga muvofiq keladi. Siz g‘iybatni eshitish va unda ishtirok qilishda lazzat topasiz. Chunki u sizga yomonligini zikr qilgan kishidan yaxshi va afzal ekaningizni his qildiradi. O‘g‘irlik mazalidir. Chunki unda molga mashaqqat va qiyinchiliksiz ega bo‘lish bordir. Zino rohatdir. Chunki unda nafsga havosini berish, shahvoniyatiga yetishish mavjuddir. Imtihonda aldov lazizdir. Chunki u muvaffaqiyatga oson erishtiradi. Qanday bo‘lsin majburiyatdan qochish nafsga yoqimlidir. Chunki rohat va tanballik undadir.
Lekin inson tafakkur qilgan va aqlini ishlatgan paytda, bu muvaqqat hurriyat uning ortidan keladigan jahannamning benihoya tutqunligiga, harom qilingan bu lazzat esa, so‘ngidagi azobga teng kelmasligini anglaydi.
Shayx Ali Tantoviyning “Islom diniga umumiy ta’rif” kitobidan