tgoop.com/kumush_abdusalomova/921
Last Update:
Mansur aka she'rga ham, yorga ham yolchiganlardan edi. Turmush o‘rtog‘i shoirni shunchalar qadrlardiki, hayron qolganman. Shohsanam qo‘ng‘iroq qilib, uning o‘rniga bir xorijiy davlatga ijodiy festivalga borishimni so‘radi. Nega o‘zingiz bormayapsiz desam, "Mansur aka men bilan birga borib, bolalarga qarab turmoqchi, ammo men ko‘nolmayman. Men sahnada she'r o‘qiyman-u, u kishi bolalarga qarab turadimi? Unday qilolmayman" dedi.
Bir safar Shohsanamdan ijodiy tanlovga she'rlarini jo‘natgan, jo‘natmaganligini so‘radim. "Yo‘q, qanday topshiraman? Mansur aka bilan bir tanlovda ishtirok etolmayman. U kishini ustoz deb bilaman" dedi. Bir umr yo‘ldoshning sadoqati, hurmati shunchalik bo‘lar? Shohsanam Mansur akani uchratgandan beri asosan yori, oilasi va bolalari haqida yozganiga ham guvoh bo‘ldim.
Bu oiladan ko‘rgan yaxshiliklarimni sanab ado qilolmayman. Mudom o‘zimni qarzdor sezaman.
Afsus, shunday juftlik ayrildi.
Ammo men Shohsanamning katta iroda bilan farzandlarini voyaga yetkazishiga, Mansur Jumayevdan qolgan qalamni chang bostirib qo‘ymasligiga ishonaman.
****
Boqsam, oy terga tushdi,
yulduzlar yerga tushdi.
Nur berding yuragimga,
yuragim she'rga tushdi.
Qo'shiqqa do‘ndi umrim
baxtga qorishdi loshim.
Uning yelkalarini
og‘ritmadimi boshim?
Ayonsan xavotir yo‘q
dovullardan o‘tgan dam.
Suyantirma, Xudoyim,
ha, hattoki unga ham.
Shohsanamxon Odiljon Qizi
@kumush_abdusalomova
BY Kumush Abdusalomova
Share with your friend now:
tgoop.com/kumush_abdusalomova/921