tgoop.com/kumush_abdusalomova/923
Last Update:
Shoir og’am Mansur Jumayevga
Odamizod aslida zavol ichra yashaydi,
“Nega” degan ulkan bir savol ichra yashaydi.
Og’a, hech kim kutmagan faslni kutganmiding,
Dardni misqollab yig’ib, ichingga yutganmiding?
Axir Orzudan Bunyod bo’lgandi-ku hayoting,
Bexos osmon gumburlab, sindi ikki qanoting.
Qara, gul-gul bahoring kul bo’ldi, kuzak bo’ldi,
Bu hol ochiq yaramga sepilgan tuzdak bo’ldi.
Jo’ralaring zulmatda sarson tushdek ko’rindi,
Otang yomg’irda qolgan mitti qushdek ko’rindi.
Nechun o’limga qarshi borolmayman, og’ajon,
Volidangning ko’ziga qarolmayman, og’ajon.
Qachon buncha ojiz-u, chorasiz qolar shoir?
Millatning musibati ortganda o’lar shoir.
Ketar chog’da shodmonu, xotirjam eding, balki,
Mansuri Halloj kabi “Anal-Haq”, deding, balki.
Bulutlar bo’zrayadi, yig’lamoqqa holi yo’q,
Mezon to’zg’in sochini yig’moqqa majoli yo’q. Yuragim tugab qoldi, qurib bitdi ko’zlarim,
Boshqa o’lmang, do’stlarim, boshqa o’lmang, do’stlarim…
✍️Mehrnoz
@mehrnoz_abbos
BY Kumush Abdusalomova
Share with your friend now:
tgoop.com/kumush_abdusalomova/923