tgoop.com/kumush_abdusalomova/935
Last Update:
Kitob Mohiraning katta enasiga yozgan maktubi bilan boshlanib va u kelajakda orziqib kutayotgan qizi To‘marisga yozgan maktubi bilan tugagan. Yozuvchi mana shu ikki maktub orqali o‘z olamini to‘la ochib bergan. Bolaligidan uni nimalar tashvishga solgani, yuragiga azob bergani...
Qiziga yozgan maktubidan esa uning kelajak orzulari, rejalari, hayotdan va o‘zidan kutayotganlari anglashiladi. Mohira qiziga yozgan maktub so‘nggida "Yolg‘iz gunohim - ayolligim. Ayol bo‘lish hatto Xudo bergan tafakkurdan ham odamlarning ra'yiga qarab foydalanish demakdir" deydi. Niyat qildimki, qizlarim ulg‘ayganda ularga shu maktubni o‘qib beraman. Umuman har bir ona mana shu maktubni o‘qishi va qizlariga ham o‘qib berishi zarur bizning jamiyatda. (#)
©️ Kumush Abdusalomova
📚 @akademnashr
Youtube | Instagram | Facebook | Twitter
BY Kumush Abdusalomova
Share with your friend now:
tgoop.com/kumush_abdusalomova/935