MEHNATHUQUQI Telegram 1421
Mehnat huquqi sohasidagi taniqli olima Dinara Atajonova bu yorug' dunyoni barvaqt tark etdi.

Yurisprudensiya sohasidagi taniqli olima, jonkuyar xodim, Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi mudiri Atajanova Dinara Salimjanovna 28-iyun kuni og'ir xastalik tufayli 33 yoshida bevaqt vafot etdi.

Dinara Atajanova 1987-yil 21-aprel kuni Andijon viloyati Asaka shahrida tug'ilgan.

2008-yilda Toshkent islom universiteti bakalavr bosqichini, 2010-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasini tamomlagan.

Dinara Atajanova 2009-2010 yilllarda Toshkent shahri “Maxsus mintaqalararo MMAF” advokatlik firmasining advokat yordamchisi, Toshkent shahri “D.N.Ibragimov” xususiy notarial idorasining notarius yordamchisi, 2010-2019 yillarda TDYU Mehnat huquqi kafedrasida o'qituvchisi, katta o'qituvchisi, lavozimida ishlagan

2019-2020 yillarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi dotsent
vazifasini bajaruvchisi lavozimida ishlagan.

U 2020-yil 4-yanvardan hozirgi vaqtga qadar Toshkent davlat yuridik universitetining Mehnat huquqi kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib keldi.

Faoliyati davomida ko'plab o'quv, o'quv-uslubiy qo'llanmalarni chop ettirgan.

Ko'plab ommabop va ilmiy maqolari jurnallar, ilmiy-amaliy anjumanlar to'plamlari va gazetalarda nashr etilgan.

U 2018-yilda doktorlik dissertatsiyasi (PhD)ni himoya qilgan.

2020 yilda dotsent ilmiy unvoni berilgan.

Jonkuyar ustoz sifatida ko'plab yoshlarga saboq bergan.

Huquqshunos olima, jonkuyar xodim va kamtarin inson Dinara Atajanovaning ilmiy merosi va yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi Dinara Atajanovaning oila a'zolari va yaqin insonlariga hamdardlik bildiradi.

tgoop.com/mehnathuquqi/1421
Create:
Last Update:

BY Mehnat huquqi

Share with your friend now:
tgoop.com/mehnathuquqi/1421

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

A new window will come up. Enter your channel name and bio. (See the character limits above.) Click “Create.” Among the requests, the Brazilian electoral Court wanted to know if they could obtain data on the origins of malicious content posted on the platform. According to the TSE, this would enable the authorities to track false content and identify the user responsible for publishing it in the first place. Public channels are public to the internet, regardless of whether or not they are subscribed. A public channel is displayed in search results and has a short address (link). With Bitcoin down 30% in the past week, some crypto traders have taken to Telegram to “voice” their feelings. The group also hosted discussions on committing arson, Judge Hui said, including setting roadblocks on fire, hurling petrol bombs at police stations and teaching people to make such weapons. The conversation linked to arson went on for two to three months, Hui said.
from us

Telegram Mehnat huquqi
FROM American