tgoop.com/mehnathuquqi/4497
Last Update:
#qovuntushirish Alohida tarkibiy bo‘linma rahbari bilan, aytaylik kadrlar bo’limi boshlig’i bilan mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinsa kasaba uyushmasi qo‘mitasi roziligi olinishi shart emasmi?
Yangi MK 164-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra quyidagi hollarda bekor qilinganda kasaba uyushmasi qo‘mitasining roziligi talab etilmaydi👇
👉tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) o‘z muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga binoan tugatilganligi yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyat tugatilganligi munosabati bilan;
👉ushbu Kodeks 161-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan istalgan asoslardan biriga ko‘ra tashkilot rahbari, alohida tarkibiy bo‘linma rahbari bilan;
👉tashkilot mulkdori o‘zgarganligi munosabati bilan ushbu Kodeks 489-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq tashkilot rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter va tashkilotning alohida bo‘linmasi rahbari bilan.
⚠️ Diqqat! 164-modda 2-qismi 3-xatboshisida alohida tarkibiy bo‘linma rahbari, 4-xatboshisida esa tashkilotning alohida bo‘linmasi rahbari jumlalari ishlatilgan. Ya'ni 2 xil tushunchalar. Ruscha matnda esa 164-modda 2-qismi 3-4xatboshisida bir xil tushuncha "обособленное подразделение" ishlatilgan.
⚠️ Endi e’tibor bering, 164-modda 2-qismi 3-xatboshisi o’zbekcha matniga ko'ra, alohida tarkibiy bo‘linma rahbari aytaylik kadrlar bo’limi boshlig’i bilan mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinsa kasaba uyushmasi qo‘mitasi roziligi shart emasligi nazarda tutilmoqda.
⚠️ Endi esa ruscha matnga e’tibor bering, “с руководителем организации, руководителем обособленного подразделения по любому из оснований, предусмотренных частью второй статьи 161 настоящего Кодекса” deyilmoqda. Aslida esa o’zbekcha matnda alohida bo‘linma rahbari deyilishi lozim edi. ❌ Bu yerda “tarkibiy” so’zi noto’g’ri qo’llanilgan yanada to’g’rirog’i matn ruschadan o’zbekchaga xato tarjima qilingan. ❗️Chunki kodeks rus tilida ishlab chiqilib, keyin o'zbek tiliga tarjima qilingan. Eng qizig’i “Normativ huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonun 21-moddasiga ko’ra, normativ-huquqiy hujjat loyihasi davlat tilida tayyorlanadi))
Fuqarolik kodeksi 47-moddasiga ko’ra, vakolatxonalar va filiallar alohida bo’linma hisoblanadi. Kadrlar bo’limi esa alohida bo’linma emas, balki alohida tarkibiy bo’linma hisoblanadi.
❗️Yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo’lsak, tashkilotning alohida tarkibiy bo‘linmasi rahbari va tashkilot alohida bo‘linmasining rahbari butkul boshqa-boshqa tushunchalar. Demak, aslida kadrlar bo’limi boshlig’i tashkilotning alohida tarkibiy bo‘linmasi rahbari hisoblanadi, tashkilot alohida bo‘linmasining rahbari emas. Ya’ni agar jamoa kelishuvida yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qo‘mitasining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan bo‘lsa, kadrlar bo’limi boshlig’ini bo’shatishda kasaba roziligi olinishi shart. Lekin o'zbekcha matnda qovun tushurilgan. O'zbekcha matnga ko'ra, alohida tarkibiy bo'linma rahbari, aytaylik kadrlar bo'limi boshlig'i bilan mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinsa kasaba uyushmasi qo‘mitasi roziligi olinishi shart emas deyilmoqda. Ruscha matn mazmuniga ko'ra esa, kasaba uyushmasi qo‘mitasi roziligi olinishi shart .
Lekin o’zbekcha va ruscha matnlar farq qilyaptiku. Kodeks rus tilida ishlab chiqilganini hisobga olib ruscha matn to’g’ri bo’ladimi? Yo’q, unday emas. “Normativ huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonun 33-moddasiga ko’ra, davlat tilidagi normativ-huquqiy hujjat matni bilan uning boshqa tildagi matni o‘rtasida tafovut bo‘lgan taqdirda, normativ-huquqiy hujjatning davlat tilidagi matni qo‘llaniladi.
Bunisiga nima deysiz endi? Hali kodeks kuchga kirmasdan shunaqa muammolar. Hali bular holva. Kodeks kuchga kirib, amalda qo’llanila boshlagach muammolar soni ortaveradi…
BY Mehnat huquqi
Share with your friend now:
tgoop.com/mehnathuquqi/4497