MEHNATHUQUQI Telegram 5138
#qovuntushirish Mehnat kodeksining o’zbekchasida juda ko’plab tarjima bilan bog’liq qo’pol xatolar mavjudligi haqida yozgan edik 👉 https://www.tgoop.com/mehnathuquqi/4497, https://www.tgoop.com/yuristkadr/9741

Bugun mavzuni yana davom ettiramiz. O’zbekchada “место работы” ва “рабочее место” bir narsami?

MK 104-moddasi 1-qismiga ko’ra, mehnat shartnomasiga kiritilishi shart bo‘lgan shartlardan biri ish joyi hisoblanadi. Ish joyi — xodim shartnomada shart qilib ko‘rsatilgan mehnat vazifasiga ko‘ra mehnat faoliyatini amalga oshiradigan ish beruvchi (tashkilot, uning alohida bo‘linmasi yoki jismoniy shaxs), shuningdek xodim mehnat qilishi kerak bo‘lgan joy.

Agar mehnat shartnomasini tuzish chog‘ida 104-moddaning 1-qismida nazarda tutilgan shartlardan biror-biri shartnomaga kiritilmagan bo‘lsa, bu mehnat shartnomasini tuzilmagan deb e’tirof etish yoki uni bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi. Mehnat shartnomasi qo‘shimcha shartlar bilan to‘ldirilishi kerak. Bunda qo‘shimcha shartlar mehnat shartnomasining ajralmas qismi bo‘lgan, mehnat shartnomasiga doir yozma shaklda tuziladigan qo‘shimcha kelishuv bilan belgilanadi.

❗️Endi MK 148-moddasiga e’tibor qarating. Ish joyi ish beruvchi tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinadigan joy bo‘lib, xodim bu joyda bo‘lishi yoki u mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan mehnat vazifasiga doir ishni bajarish uchun bu joyga yetib kelishi kerak.

Mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilmagan ish joyining o‘zgarishi (xodimni ayni o‘sha ish beruvchidagi boshqa ish joyiga, xuddi o‘sha hududda joylashgan boshqa alohida bo‘lmagan bo‘linmaga o‘tkazish yoki xodimga boshqa mexanizmda yoki agregatda ishlashni topshirish) ish avvalgi mehnat vazifasi bo‘yicha va ayni o‘sha mehnat sharoitlarida davom ettirilgan taqdirda, xodimning roziligini talab etmaydi.

👉 MK 104-moddasiga ko’ra ish joyi mehnat shartnomasiga kiritilishi shart bo‘lgan shartlardan biri edimi? MK 148-moddasida esa mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilmagan ish joyining o‘zgarishi deyilmoqda?

Ana sizga mantiqsizlik. Qanaqasiga mehnat shartnomasiga kiritilishi shart bo‘lgan shartlardan biri – ish joyinini mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilmasligi mumkin? Nega bunday mantiqsizlik uchramoqda? Aslida MK 148-moddasida ish joyi jumlasi o’rnida boshqa jumla ishlatilishi lozim edi, masalan ish o’rni (yanada aniqrog’ini tilshunoslardan so’rash kerak). Rus tilidagi matnda e’tibor berilsa MK 104-moddasida место работы (ish joyi) va MK 148-moddasida esa рабочее место (o’zbekcha matnda bu jumla ham ish joyi deb tarjima qilingan aslida esa boshqa jumla, masalan ish o’rni bo’lishi kerak edi)

Sodda qilib aytganda, место работы (ish joyi) bu xodim ishlaydigan tashkilot, misol “A” zavod, рабочее место (ish o’rni) esa xodim o’z mehnat majburiyatlarini amalga oshiradigan joy, misol “A” zavodning metal eritish sexi. Eski mehnat kodeksining o’zbekchasida ham shunday xatolik ketgan edi. Eski hammom, eski tos. Hech avvalgi xatolardan, xulosa chiqarishni o'rganmadik-o'rganmadikda...

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tgoop.com/mehnathuquqi

tgoop.com/mehnathuquqi/5138
Create:
Last Update:

BY Mehnat huquqi

Share with your friend now:
tgoop.com/mehnathuquqi/5138

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

A Telegram channel is used for various purposes, from sharing helpful content to implementing a business strategy. In addition, you can use your channel to build and improve your company image, boost your sales, make profits, enhance customer loyalty, and more. Telegram iOS app: In the “Chats” tab, click the new message icon in the right upper corner. Select “New Channel.” According to media reports, the privacy watchdog was considering “blacklisting” some online platforms that have repeatedly posted doxxing information, with sources saying most messages were shared on Telegram. It’s easy to create a Telegram channel via desktop app or mobile app (for Android and iOS): How to create a business channel on Telegram? (Tutorial)
from us

Telegram Mehnat huquqi
FROM American