tgoop.com/mehnathuquqi/5968
Last Update:
#qovuntushirish Mehnat kodeksining o’zbekchasidagi qovun tushirishlarni yana davom ettiramiz)) MK 417-moddasi (18 yoshgacha bo‘lgan xodimlarni xizmat safariga yuborishni, ish vaqtidan tashqari ishlarga, tungi ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilishni taqiqlash) ni tahlil qilamiz. MK 417-moddasining 1-qismiga diqqat qarating: 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlarni xizmat safariga yuborish, tungi ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilish taqiqlanadi. E’tibor berdingizmi, moddaning nomida “ish vaqtidan tashqari ishlarga” jumlasi bor, lekin 1-qismda esa bu jumla tushib qolgan.
1-qism o’qilganda 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb qilish mumkin ekanda degan tasavvur uyg’onadi! Lekin moddaning nomida esa 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb qilish taqiqlanishi ko’rsatilgan.
Endi MK 417-moddasining ruscha variantiga qaraymiz!
Статья 417. Запрещение направления в служебные командировки, привлечения к сверхурочной работе, работе в ночное время, в выходные и праздничные нерабочие дни работников в возрасте до 18 лет
Запрещается направление в служебные командировки, привлечение к сверхурочной работе, работе в ночное время, в выходные и праздничные нерабочие дни работников в возрасте до 18 лет.
E’tibor bergan bo’lsangiz ruscha variantda moddaning nomida ham, 1-qismda ham ish vaqtidan tashqari ish jumlasi ishlatilgan.
Ana shunaqa gaplar. Shoshma –shosharlikning oqibati mana shunday bo’ladi…
Qolgan qovun tushirishlar haqida batafsil bu yerda to’xtalganmiz: https://www.tgoop.com/mehnathuquqi/5863
Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tgoop.com/mehnathuquqi
BY Mehnat huquqi
Share with your friend now:
tgoop.com/mehnathuquqi/5968