MEHNATHUQUQI Telegram 7599
#savolimbor Assalomu alaykum, men ish haqi qisman saqlanadigan ta’tilga chiqqan paytim, kasal bo’lib qoldim. Menga ham bolnichniy to’lab beriladimi?

https://www.tgoop.com/mehnathuquqi javobi :

Yo’q, bu holatda Sizga bolnichniy to’lanmaydi!

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga 1-ilova “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 19-bandiga ko’ra, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik quyidagi davrlarga to‘g‘ri kelganda nafaqa to‘lanmaydi https://lex.uz/docs/-6978570#-6980192:

ish haqi saqlanmagan ta’til;

ish haqi qisman saqlanadigan ta’til;

bolani parvarishlash bo‘yicha ta’til;

ish vaqtincha to‘xtatilgan (ish haqi saqlanmagan vaqtda);

xodim ishdan (lavozimdan) chetlashtirilib, ish haqi to‘lash to‘xtatib qo‘yilganligi sababli ishlamagan;

harbiy o‘quv yoki tekshiruv yig‘ini;

ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘quv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan o‘quv ta’tili vaqtida.

⚠️ Diqqat! Ushbu davrlardan boshlanib davom etayotgan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi xodim ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi) lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi.

Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonovning mazkur maqolasida ish haqi qisman saqlanadigan taʼtil va uni berish tartibi (240-modda) hamda rasmiylashtirish masalalari tahlil qilingan. Аriza, buyruqdan namunalar keltirilgan https://www.tgoop.com/mehnathuquqi/7440

⚠️ Diqqat! Ish haqi qisman saqlanadigan taʼtil tushunchasini (MK 240-moddasi) ish haqi saqlanmaydigan taʼtil bilan (241, 242-moddalari) chalkashtirmang! Ish haqi saqlanmaydigan ta’til haqida batafsil ushbu maqolamizda yozganmiz https://www.tgoop.com/mehnathuquqi/4779

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tgoop.com/mehnathuquqi

tgoop.com/mehnathuquqi/7599
Create:
Last Update:

BY Mehnat huquqi

Share with your friend now:
tgoop.com/mehnathuquqi/7599

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

2How to set up a Telegram channel? (A step-by-step tutorial) Telegram users themselves will be able to flag and report potentially false content. fire bomb molotov November 18 Dylan Hollingsworth yau ma tei Click “Save” ; How to Create a Private or Public Channel on Telegram?
from us

Telegram Mehnat huquqi
FROM American