MEHNATHUQUQI Telegram 7600
Issiq ob-havoda xodimlar uchun qanday kafolatlar bor?

#savolimbor Assalomu alaykum ustoz sog‘liklariz yaxshimi issiqlarda charchamay ishlab yuribsizmi? Ustoz havo ancha issiq bo'lyapti ish beruvchilar xodimlariga qo'shimcha 1soat dam olishga ruxsati berishi mumkinmi?

https://www.tgoop.com/mehnathuquqi javobi :

Mehnat qonunchiligida havo harorati mana buncha gradusdan oshib ketsa yoki tushib ketsa, xodimlar uchun mana bunday kafolat va imtiyozlar bor degan maxsus qoidalar yo’q! Bu qoidalar ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish natijasida yoki tashkilotning mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarida belgilab qo’yiladi!

Mehnat kodeksining 13-moddasiga ko’ra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda xodimlar uchun mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanganiga nisbatan qo‘shimcha huquqlar va kafolatlar nazarda tutilishi mumkin.

Mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga nimalar kiradi

MK 12-moddasiga koʼra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar quyidagilardan iborat:
jamoa kelishuvlari;
jamoa shartnomalari;
ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʼmitasi bilan kelishuvga koʼra qabul qilinadigan ichki hujjatlar;
ichki hujjatlar, shu jumladan ish beruvchi oʼz vakolatlari doirasida yakka oʼzi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar.

❗️Demak, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda anomal ob-havo sharoitlarida (masalan, o’ta issiq yoki o’ta sovuq ob-havoda) xodimlar uchun alohida kafolatlar nazarda tutilishi mumkin.

Agar tashkilotning jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida alohida kafolatlar nazarda tutilmagan bo’lsachi

⚠️ Eʼtibor bering, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar jumlasiga, ish beruvchi oʼz vakolatlari doirasida yakka oʼzi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar ham kiritilmoqda.

❗️Ya’ni jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida noqulay ob-havo sharoitida xodimlar uchun kafolatlar nazarda tutilmagan boʼlsada, ish beruvchi oʼz vakolatlari doirasida yakka oʼzi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlarda (buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar) ham alohida kafolatlarni nazarda tutilishi mumkin. Chunki yuqorida tahlil qilib oʼtganimizdek, ish beruvchi oʼz vakolatlari doirasida yakka oʼzi qabul qiladigan yakka tartibdagi huquqiy hujjatlar ham mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar jumlasiga kiradi.

MK 361-moddasiga ko’ra (Ish joylariga qo‘yiladigan talablar), ish joylari joylashtiriladigan binolar (inshootlar) tuzilishiga ko‘ra ularning belgilangan funksional maqsadiga hamda mehnat xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish talablariga mos bo‘lishi kerak.

Ish vaqti davomida ish o‘rinlari joylashgan xonada harorat, yorug‘lik, shuningdek ventilatsiya sanitariya normalari va qoidalariga mos bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, MK 25-moddasiga ko’ra (Ish beruvchining majburiyatlari), ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish normativ talablariga muvofiq bo‘lgan mehnat xavfsizligini va shart-sharoitlarini ta’minlashi shart!

MK 205-moddasiga ko’ra, yilning issiq yoki sovuq mavsumida ochiq havoda yoxud sovitilmaydigan yoki isitilmaydigan yopiq xonalarda ishlaydigan, shuningdek yuk ortish-tushirish ishlarida band bo‘lgan shaxslar uchun maxsus tanaffuslar beriladi! Ish beruvchi isitish, sovitish uchun asbob-uskunalar bilan jihozlangan va xodimlarning dam olishi uchun yaroqli bo‘lgan xonalarni ta’minlashi shart. Bunday tanaffuslar taqdim etiladigan ishlarning ro‘yxati, harorat ko‘rsatkichlari, shuningdek ushbu tanaffuslarning davriyligi va davomiyligi ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari hamda asbob-uskunalarning jarohatlash xavfi bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish asosida belgilanadi.

tgoop.com/mehnathuquqi/7600
Create:
Last Update:

BY Mehnat huquqi

Share with your friend now:
tgoop.com/mehnathuquqi/7600

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Some Telegram Channels content management tips Those being doxxed include outgoing Chief Executive Carrie Lam Cheng Yuet-ngor, Chung and police assistant commissioner Joe Chan Tung, who heads police's cyber security and technology crime bureau. Telegram offers a powerful toolset that allows businesses to create and manage channels, groups, and bots to broadcast messages, engage in conversations, and offer reliable customer support via bots. For crypto enthusiasts, there was the “gm” app, a self-described “meme app” which only allowed users to greet each other with “gm,” or “good morning,” a common acronym thrown around on Crypto Twitter and Discord. But the gm app was shut down back in September after a hacker reportedly gained access to user data. The creator of the channel becomes its administrator by default. If you need help managing your channel, you can add more administrators from your subscriber base. You can provide each admin with limited or full rights to manage the channel. For example, you can allow an administrator to publish and edit content while withholding the right to add new subscribers.
from us

Telegram Mehnat huquqi
FROM American