MEHNATHUQUQI Telegram 8789
#savolimbor? Assalomu alaykum, Muhammadamin aka. Bir masalada bahs ketmoqda. MK 241- moddasiga ko’ra, xodimning yozma arizasiga ko‘ra unga ish haqi saqlanmaydigan ta’til berilishi mumkin bo‘lib, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi, lekin u ish haqi saqlanmaydigan oxirgi ta’til berilgan kundan e’tiboran kalendar yil davomida uzluksiz yoki jamlangan holda uch oydan oshmasligi kerak. Mana shu holatda “kalendar yil” jumlasi noo’rin ishlatilmaganmi?

https://www.tgoop.com/mehnathuquqi javobi 📤:

O’rinli savol beribsiz. Haqiqatan ham, bu yerda “kalendar” so’zi ortiqcha. Aynan MK 241-moddasi 2-qismi yuzasidan seminar-treninglarimizda ham ko’p savollar berilmoqda. Savolingizga batafsil javob berishga harakat qilamiz.

Eski MK 150-moddasiga ko’ra, xodimning arizasiga ko‘ra unga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi mumkin, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi, lekin u 12 oylik davr mobaynida jami 3 oydan ortiq bo‘lmasligi kerak. ⚠️ E’tibor berdingizmi, eski MK da 12 oylik davr mobaynida jumlasi ishlatilgan. Lekin eski MK da 12 oylik davrni qayerdan boshlab hisoblash nazarda tutilmagan edi.

Amaldagi MK 241-moddasi 2-qismida esa ish haqi saqlanmaydigan oxirgi ta’til berilgan kundan e’tiboran kalendar yil davomida uzluksiz yoki jamlangan holda uch oydan oshmasligi kerakligi belgilab berildi.

Lekin mana shu o’rinda, “kalendar yil” jumlasi noo'rin ishlatilishi ko’pchilikni chalg’itmoqda.
Aslida mana shu holatda "yil" yoki "12 oylik davr" mobaynida jumlalaridan biri ishlatilganda, muammo yo’q edi.

Amaldagi Mehnat kodeksi loyihasida dastlab “12 oy” jumlasi ishlatilgan edi, keyin esa bu jumla “yil” so’ziga almashtirildi (aslida alixo’ja xo’jali, chunki 12 oy 1 yilga teng). Keyinchalik esa “yil” so’zi negadir “kalendar yil” jumlasiga o’zgartirildi. Haqiqatan ham, bu yerda “kalendar” so’zi ortiqcha. Buni quyidagi misolda soddaroq qilib tushuntiraman.

Misol. Tasavvur qilaylik, xodim oxirgi 1 yil davomida ish haqi saqlanmagan taʼtilga chiqmagan. Xodim 3 oy muddatga 2024-yilning 1-avgustdan 1-noyabriga qadar ish haqi saqlanmaydigan taʼtildan foydalangan.
Agar MK 241-moddasi 2-qismidagi “kalendar yil” jumlasidan kelib chiqsak, xodim 2025-yil yanvar oyidan yana ish haqi saqlanmagan taʼtil olishi mumkin degan ma’no anglashiladi.

Aslida esa yangi kalendar yil 2025-yil 1-yanvarda boshlansada, xodim 2025-yilning 1-yanvaridan yana ish haqi saqlanmaydigan taʼtilga chiqa olmaydi. Xodim endi ish haqi saqlanmaydigan taʼtilga faqat 2025-yilning 1-avgustidan chiqishi mumkin.

❗️Bu vaziyatda kalendar yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha boʼlgan davrni emas, balki oxirgi taʼtil taqdim qilingan kundan boshlab 12 kalendar oyni nazarda tutadi.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tgoop.com/mehnathuquqi

tgoop.com/mehnathuquqi/8789
Create:
Last Update:

BY Mehnat huquqi

Share with your friend now:
tgoop.com/mehnathuquqi/8789

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Ng was convicted in April for conspiracy to incite a riot, public nuisance, arson, criminal damage, manufacturing of explosives, administering poison and wounding with intent to do grievous bodily harm between October 2019 and June 2020. Public channels are public to the internet, regardless of whether or not they are subscribed. A public channel is displayed in search results and has a short address (link). The SUCK Channel on Telegram, with a message saying some content has been removed by the police. Photo: Telegram screenshot. How to Create a Private or Public Channel on Telegram? Select: Settings – Manage Channel – Administrators – Add administrator. From your list of subscribers, select the correct user. A new window will appear on the screen. Check the rights you’re willing to give to your administrator.
from us

Telegram Mehnat huquqi
FROM American