tgoop.com/mehnathuquqi/9095
Last Update:
#bildirish
Barcha ish beruvchilar diqqatiga!
Viloyat Davlat mehnat inspeksiyasi ogohlikka chaqirmoqda
O‘zbekiston Respublikasi “Aholi Bandligi to‘g‘risida”gi qonunining 13-moddasiga asosan, ish beruvchilar aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda quyidagilarga amal qilishingiz lozim:
▶️Ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish va unga aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini joylashtirish;
▶️Bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mahalliy mehnat organiga har oy «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali elektron tarzda taqdim etib borish;
▶️Bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni milliy bazaga kiritib borish so‘raladi.
Aks holda, yuqoridagi qonun talablarini bajarmaslik O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 229-moddasiga ko‘ra, ma’muriy jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda faol bo‘lishingiz so‘raladi.
Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi
Telegram|YouTube|Facebook|Website
BY Mehnat huquqi
Share with your friend now:
tgoop.com/mehnathuquqi/9095