MEHNATHUQUQI Telegram 9100
#savolimbor Assalomu alaykum. Bir masala bo’yicha bahs ketib qoldi. Bu yil 8-mart shanba kuniga to’g’ri kelyapti. Shunda 10-mart dushanba kuni 5 kunliklar uchun dam olish kuni bo’ladimi, ayrimlar ish kuni bo’ladi chunki yakshanba kuniga to’g’ri kelsagina dam olish kuni bo’ladi deyishyapti…

MK 208-moddasiga ko’ra, dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmaydi.

MK 207-moddasiga ko’ra, xodimlarga har haftada dam olish kunlari beriladi.

5 kunlik ish haftasida xodimlarga haftada ikki dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida esa bir dam olish kuni beriladi. Aynan bitta ish beruvchida mehnat shartnomasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlar uchun bajariladigan ishning o‘ziga xos xususiyatlariga qarab ish haftasining har xil turlari belgilanishi mumkin.

5 kunlik va 6 kunlik ish haftasida umumiy dam olish kuni yakshanbadir. 5 kunlik ish haftasidagi ikkinchi dam olish kuni jamoa shartnomasida yoki ichki mehnat tartib qoidalarida yoxud smenalarga bo‘linib ishlash jadvallarida, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida belgilanadi.

❗️E’tibor bering, MK 208-moddasida umumiy dam olish kuni yakshanba haqida emas, balki dam olish kuni haqida gap ketgan.

⚠️ Demak, ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi “8-mart — Xotin-qizlar kuni” bayrami 2025-yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun shanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi munosabati bilan ushbu dam olish kuni mos ravishda 2025-yil 10-mart — dushanba kuniga ko‘chiriladi.

Shuning uchun 10-mart — dushanba kuni 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni hisoblanadi. 6 kunliklar uchun esa ish kuni bo’ladi.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tgoop.com/mehnathuquqi

tgoop.com/mehnathuquqi/9100
Create:
Last Update:

BY Mehnat huquqi

Share with your friend now:
tgoop.com/mehnathuquqi/9100

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

A few years ago, you had to use a special bot to run a poll on Telegram. Now you can easily do that yourself in two clicks. Hit the Menu icon and select “Create Poll.” Write your question and add up to 10 options. Running polls is a powerful strategy for getting feedback from your audience. If you’re considering the possibility of modifying your channel in any way, be sure to ask your subscribers’ opinions first. End-to-end encryption is an important feature in messaging, as it's the first step in protecting users from surveillance. Each account can create up to 10 public channels Telegram offers a powerful toolset that allows businesses to create and manage channels, groups, and bots to broadcast messages, engage in conversations, and offer reliable customer support via bots. The best encrypted messaging apps
from us

Telegram Mehnat huquqi
FROM American