tgoop.com/mehnathuquqi/9125
Last Update:
#lekinbufakt Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida Bobul qishlog‘i bor. Keksa insonlar o‘zining harbiylari bilan mazkur o‘lkalarda bo‘lgan, asli kelib chiqishi andijonlik hisoblangan Bobur nomi ularning qishlog‘ining nomi ekanini qayd etishadi.
Bobur nomi Rossiyada ham mashhur. Rus onomastikasida uchraydigan Baburin, Baburov, Zababurin, Baburchyonok, Babur kabi familiyalar shular jumlasidandir. G.F. Blagova aynan Zahiriddin Bobur bilan bog‘laydi. Qiziqarlisi shundaki, XVΙ asrdagi “yozma kitoblar”da Nijneye Baburino tilga olinadi; undan tashqari, Vladimirsk viloyatining Kirjak tumanida hozirgi davrda ham Baburino nomli qishlog‘i bor, balki bu qadimgi bo‘sh yer Nijneye Baburinodan kelib chiqqandir. Manba: O‘zbеkiston joy nomlarining izohli lug‘ati [Matn]: lug‘at / tuzuvchilar R.Y.Xudoyberganov [va boshq.]. – Toshkent: Donishmand ziyosi, 2022. – 624 b.
Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tgoop.com/mehnathuquqi
BY Mehnat huquqi
![](https://photo2.tgoop.com/u/cdn4.cdn-telegram.org/file/b7OHCqNifGnzFvYdOx5bZXnR0BUMEPDPIeTOvLw2rd3nxO_scYRfYoqGrrV6wVKegi1f3ZsQJTR_zqCwBUc0LrLN4zw41Q_goRmLAy-zv3C6AOPyt-jLCjpc1_4oVtfJ8QYwgJgYGU-rIlFEmy-4zbdt0ITPnX4eJupEhG2hVgEspwyHM7-HmDAUW2VxCSlzL24J5AYS0ZIG7M5tWYyqmd3GhEGhTPr1L6aFapCBjHXq6iYY7a3es0Rb25W6IwNi4adTvdU0gVUa1r7sV68yiuOSqVDP78Kx90VFUmSB_LZqgLwBua7Qru_iyCQHSJMFi3wIGfe7N1oZh2xw0uv5aA.jpg)
Share with your friend now:
tgoop.com/mehnathuquqi/9125