tgoop.com/mehnathuquqi/9134
Last Update:
Intizomiy jazo choralarini qo‘llash tartibi bo’yicha yangilik…
#yangilik O‘zbekiston Respublikasining 13.02.2025 yildagi O‘RQ-1030-son "O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonunning 1-moddasi 28-bandiga ko’ra, 313-modda ikkinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etildi https://lex.uz/pdfs/7380871 :
Ish beruvchi xodimdan intizomiy jazo chorasi qo’llanilguniga qadar, shu jumladan agar intizomiy qilmish xizmat tekshiruvi natijalariga ko’ra aniqlangan bo’lsa, yozma tushuntirishni talab qilishi shart ...
Oldingi tahrir: Ish beruvchi xodimdan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilguniga qadar yozma tushuntirishni talab qilishi, shu jumladan, agar intizomiy qilmish xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra aniqlangan bo‘lsa, talab qilishi shart ...
Bu haqida ancha avval yozgan edik: https://www.tgoop.com/mehnathuquqi/5984
Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov
💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tgoop.com/mehnathuquqi
BY Mehnat huquqi
Share with your friend now:
tgoop.com/mehnathuquqi/9134