tgoop.com/mehnathuquqi/9136
Last Update:
⚠️ Endi ishga kirishda soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) va jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi so’ralmaydi ... Bu hujjatlar MK 124-moddasidan chiqarib tashlandi
#yangilik O‘zbekiston Respublikasining 13.02.2025 yildagi O‘RQ-1030-son "O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonunning 1-moddasi 15-bandiga ko’ra, https://lex.uz/pdfs/7380871 :
124-modda: birinchi qismi:
beshinchi xatboshisining o’zbekcha matnidagi “kasb-xunar ta’lim” degan so’zlar “professional ta’lim” degan so’zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan almashtirilsin: “jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to’ldirilsin:
“Davlat organlari va tashkilotlari ishga qabul qilish chog’ida ushbu modda birinchi qismining ikkinchi hamda uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan xujjatlar to’g’risidagi ma’lumotlarni tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan axborot tizimlaridagi idoralararo integratsiyalashuv platformalari orqali so’rab oladi”.
Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov
💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tgoop.com/mehnathuquqi
BY Mehnat huquqi
Share with your friend now:
tgoop.com/mehnathuquqi/9136