tgoop.com/mehnatvazirligi/17104
Last Update:
Bugun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva "Mikrokreditbank" ATB boshqaruv raisi o‘rinbosari Ikram Djumaniyazov bilan uchrashdi.
Unda hunarmandchilik va kasanachilikni rivojlantirish orqali ishsiz aholi, ayniqsa, xotin-qizlar, mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashish, ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni yanada kengaytirish maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda "Mikrokreditbank" ATB o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shuningdek, “Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” tomonidan ajratiladigan subsidiyalar, ssudalar bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga hamkorlikda tushuntirish hamda tavsiyalar berish, kasanachilik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarga ajratilayotgan imtiyozli kreditlar to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlar orqali hamkorlikda ma’lumot berib borishga kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-fevraldagi «Kasanachilikni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzurida "Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi" va "Mikrokreditbank" ATB tasarrufida "Kasanachilar maktabi faoliyatini rivojlantirish markazi" tashkil etilgan.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
BY Bandlik Vazirligi
Share with your friend now:
tgoop.com/mehnatvazirligi/17104