tgoop.com/mehnatvazirligi/18028
Last Update:
2025-yil 1-yanvardan:
👉“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish doirasida kambag‘al oilalar farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;
👉Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazlarida ish beruvchilar talabiga asosan tezkor kurslar yo‘lga qo‘yiladi;
👉Toshkent shahri va Samarqand viloyatida ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni buyurtma asosida ta’lim tashkilotlari hamda ish beruvchilarni jalb qilgan holda o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi;
👉mehnat sohasidagi nizolarni hal etishni mediatsiya usulida videokonferensaloqa shaklida amalga oshirish tizimi joriy etiladi;
👉 bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam olayotgan kam ta’minlangan oilalarning rasmiy band bo‘lmagan a’zolari ishga joylashganda, o‘zini o‘zi band qilganda yoki tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yganda ushbu nafaqa va moddiy yordam ularning muddati tugagunga qadar, biroq 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatgacha to‘lash davom ettiriladi;
👉 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,5 baravaridan kam bo‘lmagan oylik ish haqi to‘langan holda ishga joylashgan Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oila a’zosi uchun ijtimoiy soliq uch yil davomida 1 foiz stavkada to‘lanadi;
👉 kambag‘al oilalarga ko‘mak choralari ijtimoiy shartnoma asosida mehnatga layoqatli oila a’zolarining bandligini ta’minlash, o‘z tomorqasidan samarali foydalanish (ekin ekish), oila a’zolari, shu jumladan, farzandlarining bilim olishi, kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rganishi hamda sog‘lig‘ini nazoratga olishi, uy-joyini ozoda tutishi kabi shartlar inobatga olingan holda ko‘rsatiladi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
BY Bandlik vazirligi
Share with your friend now:
tgoop.com/mehnatvazirligi/18028