MUHRIM Telegram 2847
The Economist’da “Arkadag” dunyoning eng buyuk klubimi?” degan maqola chiqibdi. Unda aytilishicha, 2023-yilda tashkil etilgan “Arkadag” futbol klubi ketma-ket 61 ta o‘yinda g‘alaba qozonib, “Seltik”ning bir asrlik rekordini takrorlashiga bir bahya qolibdi (qarab keldim — 2023-yilgi mavsumda ham, 2024-yilda ham “Arkadag” turkman Oliy Ligasidagi hamma o‘yinlarni yutibdi).

XXI asr uchun baribir rekord-ku, lekin bu natijaning haqqoniyligi (“halolligi” deylik), masalan, Ginnessning Rekordlari tomonidan tan olinmayotgan ekan. Nega? Chunki “Arkadag” millat yetakchisi Gurbanbuli Berdimuhamedovning faxriy unvoni kabi ataladi — Berdimuhamedovni ham Arkadag deb ulug‘lashadi. Bundan tashqari, “Arkadag” klubi Berdimuhamedov sharafiga qurilgan Arkadag shahri nomidan o‘ynaydi. Jamoa ham 2002-yilgi “Paxtakor” kabi mamlakatning eng yaxshi futbolchilarini ma’muriy yo‘l bilan o‘z tarkibiga jamlab olgan.

Xullas, prezidentning otasi ko‘ngilxushligi uchun o‘ylab topilgan futbol loyihasi. The Economist ham kinoya qilib yozibdi: “Arkadag “Arkadag”ning o‘yinlarini ko‘rish uchun Arkadag shahriga keladi”, deb.

Baxtga qarshi, The Economist sahifalaridan o‘rin olish yo mana shunaqa g‘alati ishlar qilish kerak, yoki bo‘lmasa haqiqatan ham hamma sezadigan darajada yaxshi bo‘lish kerak. Xuddi 5-6 yil avvalgi O‘zbekiston kabi. O‘shanda The Economist’lar biror piar-kompaniya buyurtma bermasa ham, O‘zbekistonni kinoyasiz, maqtab yozgandi.

tgoop.com/muhrim/2847
Create:
Last Update:

BY Muhrim / Муҳрим

Share with your friend now:
tgoop.com/muhrim/2847

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Telegram channels fall into two types: Deputy District Judge Peter Hui sentenced computer technician Ng Man-ho on Thursday, a month after the 27-year-old, who ran a Telegram group called SUCK Channel, was found guilty of seven charges of conspiring to incite others to commit illegal acts during the 2019 extradition bill protests and subsequent months. The optimal dimension of the avatar on Telegram is 512px by 512px, and it’s recommended to use PNG format to deliver an unpixelated avatar. Matt Hussey, editorial director of NEAR Protocol (and former editor-in-chief of Decrypt) responded to the news of the Telegram group with “#meIRL.” Telegram users themselves will be able to flag and report potentially false content.
from us

Telegram Muhrim / Муҳрим
FROM American