MUHRIM Telegram 2851
Umrimda birinchi marta samolyotga o‘tirib borgan mamlakatim — Nepal. O‘shanda mamlakat navbatdagi inqilobni boshdan kechirgan, tinch bo‘lib tinch emas, notinch bo‘lib notinchmas. Atrof to‘la tartibsizlik, lekin hayot qandaydir bir maromda davom etayotgandek. Katmanduda svetofor degan narsani bir marta, prezident saroyi oldida ko‘rganman — u ham ishlamasdi. Chorrahada transport qatnovi navbati bilan — bir tomon to‘xtovsiz yuraveradi-yuraveradi, orada sa-algina bo‘shliq paydo bo‘lsa tamom, ikkinchi tomondan bir mototsiklmi, kichikroq bir narsa suqilib chorrahaga kirib, ortidagilarga yo‘l ochib beradi; g‘irt tartibsizlik, lekin hamma ko‘nikkan qandaydir marom bor.

Nepal aholisi o‘sha vaqt ham 30 millionga yaqin edi; taxminan O‘zbekistonnikidek. Oshxonada oshpazlar, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bilan gaplashib qolganimizda, ularning juda ko‘pchiligi Qatarda mehnat muhojiri sifatida ishlab kelganini eshitib, hayron qolgandim — tasavvurimda Nepal qayerda-yu, Qatar qayerda (shuning uchun keyinchalik Qatarga borganimda, u yerda o‘tkazilgan O‘zbekiston — Nepal o‘yinida kattagina stadionning yarmi nepallik muxlislar bilan to‘lganida hayron qolganim yo‘q); shu joyi ham O‘zbekistonga o‘xshashdek ko‘ringan.

Mehmonxonamiz kuniga ikki mahal elektr ta’minotidan uzilardi. Elektr ta’minoti uzilganidan ko‘p o‘tmay, mehmonxonaning dizel generatorlari g‘uvillab ishga tushardi. Shu joyi ham negadir O‘zbekistonga o‘xshashdek ko‘ringan. O‘sha vaqtda eng ta’sir qilgani — Nepalda avtomobil importiga 200 foizlik boj o‘rnatilganini bilganim bo‘lgan. “Bizda mashina juda qimmat, mana shu shaldiroq aravaga 20 ming dollar to‘laganman”, degandi Nexia’dan ham ko‘rimsizroq, Xitoyda ishlab chiqarilgan arzongarov mashina haydovchisi. “Shunchalik ham o‘xshashlik bo‘ladimi, tavba”.

O‘sha vaqt Nepaldan bizning asosiy farqimiz — bizda davlat kuchliroq edi, tartibni saqlay bilardi. Shuning uchun Toshkent ko‘chalari Nepal poytaxtidagi kabi chiqindilar bilan to‘lib toshmagan, ko‘chalarning o‘rtasida odamlar uxlab yotmasdi. Transport harakati ham tartibliroq edi (axir bizda har chorrahada svetofor bor). Lekin o‘sha Nepal darajasiga tushish osondek ko‘ringan ko‘zimga — ko‘chalarimizda o‘shanda ham kap-katta odamlar uyalmay-netmay katta va kichik hojatini chiqarayotganini ko‘rib qolardim (sizning ham ko‘zingiz tushgandir shunday yoqimsiz manzaralarga, xoynahoy). Bizda hamma ommaviy shunday qilmasligiga sabab — har qalay, tartib bor.

Shuncha o‘xshashliklar bir tomonu, o‘sha vaqt Katmanduda KFC ishlab turganini ko‘rganimdagi alam bir tomon. U vaqtlarda O‘zbekistonda bunaqangi xalqaro fast-fud tarmoqlarini tasavvur ham qilib bo‘lmasdi-da. Dunyoni bir lahza qovurilgan tovuq go‘shti bilan o‘lchab, “Nahot shu Nepalchalik emasmiz?”, degan xayol o‘tgan, birrov. KFC G‘arbning eng moslashuvchan kompaniyasi ekani, uning franshizalari diktaturalarda ham, kambag‘al mamlakatlarda ham ishlayverishini hali bilmasdim-da. Boz ustiga, turfa xil kommunistlar tomonidan tilka-pora qilinganiga qaramay, Nepal baribir G‘arb qadriyatlari ustuvor mamlakat edi, nazarimda: faqat biznes.

Hozir Nepalning ahvoli qandayligini bilmayman. Bularni yozganimning sababi — Kanadada o‘zbekistonlik va nepallik ota-onalar suhbatlashib qolgani haqidagi postni o‘qib, birinchi xorijiy safarimda ko‘rganim o‘xshashliklar esga tushib ketdi

tgoop.com/muhrim/2851
Create:
Last Update:

BY Muhrim / Муҳрим

Share with your friend now:
tgoop.com/muhrim/2851

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Co-founder of NFT renting protocol Rentable World emiliano.eth shared the group Tuesday morning on Twitter, calling out the "degenerate" community, or crypto obsessives that engage in high-risk trading. bank east asia october 20 kowloon Add the logo from your device. Adjust the visible area of your image. Congratulations! Now your Telegram channel has a face Click “Save”.! "Doxxing content is forbidden on Telegram and our moderators routinely remove such content from around the world," said a spokesman for the messaging app, Remi Vaughn. Ng Man-ho, a 27-year-old computer technician, was convicted last month of seven counts of incitement charges after he made use of the 100,000-member Chinese-language channel that he runs and manages to post "seditious messages," which had been shut down since August 2020.
from us

Telegram Muhrim / Муҳрим
FROM American