tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1061
Last Update:
Talaba bir kuni Gurudan so'radi: "Men baxtli bo'lishim uchun nima qilishim kerak?"
Guru (ustoz): Buni iloji yo'q!
Chunki, "men" bor joyda "Baxt" mavjud bo'lolmaydi!
***
Inson tanasida mavjudlikning asosiy mohiyati shuki, "Biz, bir birimiz uchun yaralganmiz! ". Ya'ni biz har birimiz o'z iqtidorimiz va qobiliyatlarimiz, jismoniy, aqliy va ruhiy quvvatlarimiz bilan bir birimizni kamolimizga hissa qo'shib yashash uchungina bir davrda mavjudmiz. Aynan shunday hayot tizimidagina insoniyat o'rtasida o'zaro energiyalar almashinuvida baraka bo'ladi. Bu degani bu aylanma ichida bo'lgan har bir ruh ulkan ezgulik energiyasiga to'yinoladi. Demakki, aynan shu darajani his etishlik ruhimiz uchun asl baxtdir!
Bugungi, hammaning bor e'tibori berishga emas, olishga qaratilingian, ya'ni "men" ongiga to'yingan insonlar bilan to'lib toshgan jamiyatda, hech kim baxtli emas, hatto moddiyati to'lib toshganlar ham. Chunki, hech qachon ruhning oziqasi moddiyat bo'lolmaydi. Moddiyat bilan o'zini baxtli his etayotganlar esa, anglashmaydiki ular shunchaki vaqtinchalik nafs illyuziyasi tasiridalar xolos!
Ruh faqat ruhiy energiyalar aylanmasidan quvvatlanadi ya'ni baxtni his etoladi.
Bu postdan keyin "ana men ishlashim kerak ekan" deb, oilasidagi tartibsizlikni hali tartibga solmay ko'chaga chiqib ishlashga urinadigan ayollar bo'lishi mumkin. Lekin boshqalarga energiya berish faqat ko'chada emas, balki oila a'zolari uchun ham, oiladagi o'z vazifasidan kelib chiqib, ruhiy darajada shartsiz xizmat qilish hamdir. Aynan shunda ham ezgulik energiyalariga to'yinishni, ya'ni asl baxtni his etishni boshlashingiz mumkin.
Aslida bugungi ko'plab oilalarni baxtsizligiga ham, aynan shu berishga emas olishga urinadigan oilalardagi "men"lar kurashi sababdir!
Azizlar unutmaylikki, Nafs berganda zaiflashadi, Ruhimiz esa, aksincha kuchga to'ladi! Zero, o'sha mashhur hadisda aytilganidek: "Olganimiz emas, berganimiz biznikidir!
#tafakkur_qiling
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV
Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1061