tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/114
Last Update:
Farzandingiz sizni emas Allohni quli..!
#farzand_tarbiyasi
#hayot_mohiyati
Bugun o'zbeklar tan olishlikni istamayotgan ammo real voqelikda haqiyqat sifatida aks etgan voqeani.. ya'ni bugun o'zbek xalqini boshqa millatlar quliga aylanishligi sabablarini boshlang'ich asosi nimada?
Sabab Oila qurishlik va Farzandni dunyoga keltirishlikni mohiyatini anglamasdan turib jamiyat pragrammalari va urf odatlar ta'sirida kor korona bolalarni ko'paytiraverishligimizda....
Har birimiz ko'p eshitganmiz.. tezroq oila qurish kerak farzanding yoninga kiradi, dasyoring bo'ladi.. va h.k
Demak uni (farzandni) o'zimizga ishchi sifatida yoki atrofimizdagilarni gap so'zlaridan qutulish uchungina dunyoga keltirmoqdamiz holos..
Savol uyg‘onadi boshidanoq shunday maqsad bilan ko'paytirilgan bolalar ertaga kim bo'lib ulg'ayishadi?
Albatta Kimlargadir qul bo'lib......!
Karma qonunlariga ko'ra oilaviy muhit va farzandga berilgan tarbiya uni ulg'aygandagi hayotiga jiddiy ta'sir etadi..
Ko'plab muqaddas kitoblarda aytiladi har bir inson dunyoga kelishidan ancha avvaldan uni qanday oilada tug'ilishi va hayot yo'llari yozib qo'yilgan deya...
Demak biz buyuk ruhlarni farzandimiz tanasida dunyoga kelishligini istasak, eng avvalo biz o'zimiz aynan buyuklarni tarbiya etoladigan Insonlarga aylanishimiz va ularni yetishtiradigan oilaviy muhitni to'g'ri qurishimiz kerak ekan!
Demak Biz eng avvalo Ruh ekanimizni va Alloh bizni bu hayotga yuborishligidan o'z maqsadi, bizga yuklangan vazifalari bor ekanini anglagan holda, farzandlarimizni ham alohida Alloh o'z vazifasi bilan yuborishini tushungan holda ularni dunyoga keltirishlikka tayyor bo'lishimiz kerak...
Shundagina ularni o'z qulimiz emas, ulardagi iqtidorlarni anglagan holda bu hayotdagi vazifalariga ko'maklashib ularni jannatiy bo'lishiga hissa qo'shlik yo'lida ularni tarbiyalaymiz.
Unutmang Farzandni Alloh beradi.. siz esa u yangi kelgan insonga bu olamni o'rganishlikka yordamlashuvchi, to'g'ri yo'l korsatuvchi Allohni yerdagi yordamchisiz holos.. Agar shu etiqot bilan farzandga munosabatda bo'lsangiz Albatta farzadingiz bu yer yuzidagi vazifalarini yuqori darajada yakunlay oladi, va bu xizmatlaringiz uchun Allohni alohida mukofatini ham olasiz...
Bordiyu farzandni qulingiz sifatida ko'rib unga o'z missiyasini bajarishga halaqit qilsangiz, demak senga ishonib yuborgan bandamga ko'maklasholmading deya Alloh sizni aynan farzad orqali jazolashi mumkin..
Azizlar Millatimizni yana buyuk millatga aylantirishlik uchun iltimos Oila qurishdan avval Hayot mohiyatini anglab oling!
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV

Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/114