tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1180
Last Update:
Siz rostdan ham XXI asr odamimisiz?
Tasavvur qiling. Vaqt mashinasi orqali taxminan 10 asr orqaga. O'sha Ibn Sino, Al-Xorazmiy, At-Termiziy, Beruniy va Imom Buxoriy yashagan davrlarga tushib qoldingiz. Ammo hozirgi sivilizatsiyani hech bir narsasini olib ketmadingiz, hatto kitoblarni ham. Xo'sh aytingchi o'zingizni 21-asr odami ekaningizni va ulardan ancha rivojlangan sivilizatsiya vakili ekaningizni qanday isbotlaysiz?!
Siz aytasiz - bizda telefonlar bor u orqali netga kirish va uzoqdagilar bilan gaplashish mumkin deb.
Ular aytadi - qani bizga yasab berchi?
Siz - vay men yasashni bilmayman, ishlatishni bilaman.
Yana aytasiz - bizni davrda Mashinalar bor 4 balonli tez yuradi.
Ular aytadi - bizni ot aravalardan qanday farqi bor?
Siz - moshinani matori bor.
Ular - qani bizga yasab berchi u qanday yasaladi va ishlaydi?
Siz - vay men bilmayman, faqat mashina haydashni bilaman.
Yana aytasiz - bizda osmonda uchadigan Samalyotlar bor, ular bilan tezda boshqa davlatlarga uchib borsa bo'ladi. Ular yana so'rashadi qanday yasalishini va siz odatdagidek bilmasligingizni aytasiz.
Keyin yana boshqa hayolingizga kelgan hamma xozirgi zamon yutuqlarini aytib chiqasiz, ammo yakunda ularni hech birini yasay olmasligingizni bildirasiz.
So'ng ular so'rashadi o'zi nima bilasan?!
Siz - ketmonda yer chopishni bilaman!
Ular - buni bizdan ming yil avvalgilar ham biladi. Sen 21-asr odami sifatida o'sha davrni qaysi kashfiyotlarini qila olasan?
Siz - bilmayman! 😞
* Biz ogʻiz to'ldirib o'zimizni 21-asr odamimiz deb aytamiz. Ammo tafakkur qilib ko'rsak anglaymizki biz shunchaki 21-asr istemolchisimiz xolos!
Kimlardir yaratgan texnikalarni ishlatishni bilamiz xolos.
Qachonki inson o'z davri sivilizatsiyasi uchun, o'z iqtidoridan kelib chiqib insoniyatga yangilik va qulayliklar yaratolmas ekan. U odam o'sha davr insoni hisoblanmaydi.
O'zingizga va atrofga e'tibor bering bugungi xalqimizning kattagina qismi hatto 10 asr avvali hayot uchun ham yangilik berolmaydigan ongda yashamoqda.
Qanday biz bu holatimiz bilan dunyoni eng rivojlangan davlatiga aylanmoqchimiz?!
#tafakkur_qiling
Ushbu postni farzandlaringiz va yoshlar ko'p bo'lgan guruhlarga jo'natib qo'ying. Ular rostdan ham 21-asr odami ekanini isbotlash uchun yashashlari kerak, shunchaki iste'molchi bo'lish uchun emas!
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV
Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1180