tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1210
Last Update:
Siz farzandingizni qanday darajada ko'rsangiz u huddi shu darajaga erishadi!
E'tibor bering-da, xozir, huddi farzandingizga qilayotgan muomilangizni jamiyatda yana kimga qilasiz?
Sizdan ijtimoiy holati pastroq yoki omiroq insonga qilishingiz mumkin to'g'rimi?
Demak siz farzandingizni ruhiy jihatdan shu darajadagi odamga aylantirmoqdasiz va katta ehtimol bilan agar u katta bo'lgach sizning ta'siringizdan chiqolmasa huddi sizning munosabatingizga mos ravishda sizdan pastroq darajadagi odam bo'lib qolib ketadi yoki zo'rga siz bilan bir darajaga erishadi.
Uni kelajakda qaysi lavozimda ko'rishni istasangiz shu lavozimdagi insonga qanday muomala qilsangiz huddi shunday munosabatda bo'ling. Hokim boʻlishini istasangiz uni hokimdek ko'ring.
Agar uni pastga urishda davom etsangiz, U qachondir, sizni ta'siringizdan chiqib alohida ilm o'rganib sizni munosabatingizdagi odam darajasidan yuksalganida unga endi kerak boʻlmay qolasiz. Chunki u siz qilgan muomalaga mos inson bo'lmaydi.
Shu sabab farzandingizga yoshlikdan ishonch bering va yuksak darajalarga erishgan insondek munosabatda bo'ling shunda ertaga rostdan ham o'sha darajaga erishganda sizdan uzoqlashmaydi.
Unutmang farzand bu sizni odamlarni gap so'zidan qutqaradigan mavjudot emas. U alohida shaxs uni qanchalik qo'llasangiz u shunchalik katta natijalarga erishadi. Qanchalik sindirsangiz shunchalik sizdan qochishga intiladi va qachonlardir sizni unga qilgan muomalangizni o'zingizga qaytaradi.
E'tibor bering, nima uchun bu millat borgan sari boshqa Millatlar quliga aylanib bordi? Chunki millat mentalitetida farzand shaxs sifatida hurmat qilinmaydi. Natijada millat qulga aylandi.
Jamiyatimizga sizdan pastlar emas, sizdan yuksak natijalarga erishadigan avlod kerak!
#tafakkur_qiling
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV
Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1210