MUZAFFAR_VAKKOSOV1 Telegram 1212
"Kattalar Egosiga asoslangan mentalitet!"

Men birinchi bor Moskvaga kelganimda meni eng ajablantirgan narsa bu yosh bolalarni jamiyatdagi eng qadrli darajasi edi. Jamoat transportida yosh bola birinchi o'rinda edi. Agar transportga yosh bola chiqsa, hatto yoshi 50 ga kirgan qariya ham unga joy bo'shatib berardi. Meni ongim o'zbek mentaliteti dasturi bilan toʻlgani bois bu men uchun g'alati tuyulgandi. Nega axr bu yosh bola bo'lsa, kattalar tik oyoqda bu esa o'tiribdi. Axr taltayib ketadiku bola?!
Kattalarga hurmat qani?!

Keyinchalik psixologik ilmlar o'rganish mobaynida anglab yettimki bu xalq har bir yoshni yoshlikdan o'z shaxsiyatini saqlab qolishga va bu dunyoda hurmatga loyiq inson sifatida yoshligidanoq anglashlar olib o'sishiga zamin yaratishar ekan.

Bizda esa, yosh bola jamoat transportida kimnidir tizzasida o'tirish kerak, yoki sal kattaroq bo'lsa tik turib ketishi kerak (hatto Damasda ham) . Bunday munosabatlar orqali yosh avlod bu dunyoda o'zini hech kim ekanini, hatto o'z joyiga ham ega emasligini anglab o'sadi. Umuman bunday munosabat har bir vaziyatga taaluqli. Yosh bola kattalar oldida "hech kim".
Agar unga sal e'tibor berib, qadrini oshirishga yoki aytganini qilishga urinsangiz taltayib ketadi deb o'qtirishadi!

Xo'sh nega kattalar yoshlarni taltayishidan bunchalik qo'rqadi?!
Sabab - Bizni mentalitet kattalar egosiga asoslangan. Yoshlar har doim kattalar oldida qo'li ko'ksida bo'lishi kerak, kattalarni xohishini va aytganini qilishi kerak vahokazo. Yaxshilab e'tibor bersangiz jamiyat dasturlari faqat yoshlarni kattalarga qul qilishga qaratilganini ko'rasiz.
Qo'shiqlar va kinolar ham shu mavzuda. Birorta qo'shiq va kino ko'rmadim yosh avlodni shaxsini rivojlantirish kerak degan. Ya'ni aslida yoshlarni o'zidan yuksalishidan, itaotkor bo'lmay qolishidanqo'rquv aslida Egoni qo'rquvidir.

Kechagi Postda aytganimdek. Agar biz Yangi avlodlarni o'zimizdan pastga tushirishda davom etaversak. Borib-borib bu millat avvaliga butun dunyo uchun qulga aylanadi. Keyin esa, o'zligini bloklab tarbiyalangani uchun taraqqiy etolmay yakunda qirilib ketadi.
Qachon buni anglaymiz? Axr bu oddiy matematikaku!?
Siz 100 dan pastga sanab borsangiz bir kun kelib siz nolga tushasiz. Agar 100 ni 101 ga aylantirib shunday rivojlanishda davom etsangiz natija cheksiz rivojdir.

Qani? Bir necha asr avval butun dunyo ilm-fanini boshqargan xalq? Nega bugun u darajada emasmiz? Chunki avloddan-avlodga pastlab keldik! Sabab esa kattalardan yoshlar past bo'lishi kerakligi tushunchasidir.
Agar bugungi kattalarni xohish istaklariga ya'ni Egosiga asoslangan mentalitetni o'zgartirmasak bu millat kelajagi bundan ham battar holga keladi.

Ha albatta xozir bu postga e'tirozlar bo'ladi. Kattalarni qadrichi? Nega bolani boqib katta qilmoqda unda, deb. Bilingki, agar siz o'z egoingiz yoki nafsingiz uchun farzand ko'rmoqda ekansiz demak siz hali farzandli bo'lishga va uni tarbiyalashga haqli darajada emassiz. Oilali va farzandli bo'lishga, qachonki shartsiz berish darajasiga erishganimizda haqlimiz. Jamiyatda odamlar gapiradi deb yoki shahvoniy istaklari uchungina ko'rko'rona oila qurishlar sabab Yangi avlodlar voyaga yetsa ham hech nima qo'lidan kelmaydigan bo'lib o'smoqda. Chunki ularni ota onalari ularni dunyoga keltirishidan maqsad buyuk inson qilib tarbiyalash emas edi. Odamlarni ogʻzini yopish va nafsini qondirish edi!!!

Azizlar bu mentalitet asosida yashashimiz va farzandlarni tarbiyalashimiz kerakligi qaysi qonunda bor?!
Hech qaysi. Bu shunchaki bizning ongimizda xolos. Uni o'zgartirish va yana Buyuk millatga aylanish o'z qo'limizda. Buning uchun esa, eng avvalo o'z egoimiz va nafsimizga ko'ra farzand tarbiyalashni va hali o'zligimizni anglamay turib oila qurishlarni bas qilishimiz kerak. Shunda insha Alloh millatimizni ong saviyasi rivojlana boshlaydi.

#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1212
Create:
Last Update:

BY MUZAFFAR VAKKOSOV

Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1212

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Matt Hussey, editorial director at NEAR Protocol also responded to this news with “#meIRL”. Just as you search “Bear Market Screaming” in Telegram, you will see a Pepe frog yelling as the group’s featured image. During the meeting with TSE Minister Edson Fachin, Perekopsky also mentioned the TSE channel on the platform as one of the firm's key success stories. Launched as part of the company's commitments to tackle the spread of fake news in Brazil, the verified channel has attracted more than 184,000 members in less than a month. On June 7, Perekopsky met with Brazilian President Jair Bolsonaro, an avid user of the platform. According to the firm's VP, the main subject of the meeting was "freedom of expression." Co-founder of NFT renting protocol Rentable World emiliano.eth shared the group Tuesday morning on Twitter, calling out the "degenerate" community, or crypto obsessives that engage in high-risk trading. Telegram Channels requirements & features
from us

Telegram MUZAFFAR VAKKOSOV
FROM American