tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/124
Last Update:
Iqtidor bu Taqdir !!!
#hayot_mohiyati
#karma_qonuni
#farzand_tarbiyasi
Taqdir deganda biz o'zbeklar, asosan balog'at yoshida kelajak hayotimiz uchun o'zimizga juft tanlaydigan vaqtlardagina ishlatiladigan so'zni tushunamiz holos.
Go'yoki bizni "Taqdir qog'ozimiz"ga Xudo faqat juftimiz kim bo'lishini yozgan holos, qolgan hamma narsaga biz o'zimiz mehnat qilib erishamiz..
Ho'sh rostdan ham shundaymi? Bizni "Taqdir qogozimiz"ga nimalar yozilgan va umuman taqdir nima?
*(Iloji boricha soddalashtirib va qisqartirib yozishga harakat qilaman, lekin baribir tushunishga qiynalsangiz.. tabriklayman sizda aynan qanday bilimlarni o'rganishingiz kerakligi haqida tushuncha hosil bo'ladi)
Karma qonunlariga ko'ra insonning hayotiy tajribalari va orttirilgan his-tuyg'u informatsiyalari sabab Reenkarnasyon tug'ilish sodir bo'ladi...
Yaniy biz hayotimizda sodir bo'ladigan har xil yaxshi, yomon voqealardan orttiradigan turli xil his tuyg'ularimiz natijasi sabab Karma qonunlari asosida kelajak taqdirimizni vujudga keltiramiz..
Demak har birimizni bu moddiy olamda bugun mavjud ekanligimizga aynan qalbimizda qolib ketgan informatsiyalar sabab bo'lgan..
Biz bu hayotga aynan o'sha turli darajadagi informatsiyalardan tozalanish uchun kelganmiz,
Va bu hayotning turli jabhalariga taluqli informatsiyalar bo'lishi mumkin..
Har birimizda mavjud bo'lgan iqtidorlar ham aynan shu hayotimizda tozalashimiz kerak bo'lgan informatsiya hisoblanadi.
Shu sabab biz o'z missiyamizni bajarishimizga munosib bo'lgan tanada (Yaniy biz uchun eng munosib genlarga ega bo'lgan ota onalarimizni moddiy tanasidan vujudga kelgan tanada) dunyoga kelganmiz.
Ho'sh, o'sha iqtidor informatiyasini qanday tozalash mumkin?
Albatta u informatiyalarni moddiy olamda amalda qo'llash va u orqali ezgu faoliyat olib borish bilan!
Afsuski bugungi o'zbek xalqini farzandga munosabati hayotiy qonuniyatlariga zid tarzda olib boriladi va bunday noto'g'ri qarashlarni hatto mentalitet darajasida ulug'lab hayotga tatbiq etishadi.
Oqibatda oilalardagi farzand o'stirish va shu millat e'tiqodlariga hos tarzda tuzilgan xalq ta'limni sistemalari sabab ko'plab iqtidorlarimizni yoshlikdanoq turli dasturlar va bosimlar bilan bloklab yana ko'plab hayotlarga kechiktirib yubormoqdamiz...
Hurmatli ota onalar farzandlaringizni iqtidorini aniqlab ularga shu iqtidor orqali xalqqa foydali inson bo'lishlariga sharoit yaratib beringlar..
Zero oila qurish va farzandli bo‘lishlikdagi asosiy maqsadlarimizdan biri faqat o'zimizni emas boshqalarni ham poklanishiga ko'maklash bo'lmog'i lozim!!!
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV

Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/124