tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1243
Last Update:
Hindiston va Xitoy atigi 30 yil avval iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan Afrika davlatlari darajasida edi, bugun esa, Xitoy iqtisodiyoti AQShni ham orta qoldirgan holda birinchiga chiqqan. Hindiston esa, umumiy YaMD bo'yicha xozirda dunyoda uchinchi iqtisodiyotga aylangan.
Xo'sh bu davlatlarning bunday tezlik bilan iqtisodiy rivojlanishi omillari nimada?
Albatta ichki kapital aylanmasi hajmi ko'p jihatdan bu davlatlarda aholi ko'pligi bilan bogʻliq, ammo iqtisodiy taraqqiyotda faqat tanalar emas, balki aqili kallalar katta rol oʻynaydi.
Meni shaxsiy tahlilim shuni koʻrsatadiki, yana 10/15 yildan keyin Hindiston iqtisodiy jihatdan birinchi o'ringa chiqadi. Asrimizning ikkinchi yarmiga kelganda esa, bugun Yevropa va AQSh ilm fan markazi boʻlgani kabi. Dunonig ilm fan markazi Hind diyori bo'ladi.
Quyida Hindiston nega iqtisodiy jihatdan AQSh va Xitoyni orta qoldira olishligini asosiy faktorlarini ko'rib chiqamiz:
Birinchisi omil albatta Aholi soni bo'yicha birinchilikka chiqishi sabab, chunki aholi hisobiga ichki kapital aylanmasi hajmi ham katta bo'ladi. Ammo ijtimoiy jihatdan farovonlikka aholi soni jiddiy taʼsir etadi. Shu sabab faqat bu faktor yetarli emas.
Ikkinchi va asosiy omil bu ilmga e'tibor!
Bir necha o'n yillar avval faqat Bollywoodi bilan maqtana oladigan xalq bugun ilm fanda erishayotgan yutuqlari bilan ham hammani lol qoldirishini asosiy sababi bu har bir ota ona topganini farzandlarini ilmli qilishga sarflashidir. Xalqaro jarayonlarga befarq bo'lmaganlar juda yaxshi bilishadiki, bugun dunyoning eng katta kampaniyalarida olimlar va boshqaruvchiari Hindlar ekanini. Hatto bugungi Britaniya bosh vaziri ham Hind millatiga mansub!
Bunday yutuqlarning asosida 20/30 yil avval boshlangan yoshlar talimiga katta eʼtibor berishdir.
Statistikaga ko'ra hindlar vaqtini eng ko'p kitob o'qishga sariflaydigan xalq ekan. Shuni o'ziyoq bugungi ilm fandagi yutuqlari bejiz emasligini koʻrsatdi.
Uchinchi faktor bu diniy e'tiqod!
Xitoyning bugungi ijtimoiy siyosati ildizi kommunizimga borib taqalgani sabab, bu davlat xalqini dinsizlantirib ularni faqat kapital yaratuvchi robotlarga aylantirdi. Albatta faqat tana va robot ekanini biladigan xalqning ruhiy rivoji cheklangani bois. Ko'p ehtimol bu davlat kelajakda ijtimoiy-iqtisodiy rivojda ancha sekinlashadi.
AQShga kelsak. Xalqining asosiy qismi "inson erkinligi" Maskasi ortiga berkingan "Nafs erkinligi" dasturi bilan zaharlangan. Shu sabab bu davlatda har qancha kapital gigantlari to'plangan bo'lmasin. Xalqning insoniy inqirozi sabab bu davlat iqtisodiyoti ham sekin-asta rivojdan to'xtaydi.
Hind xalqlarining o'z dinlariga eʼtiqodi kuchli va u dinlarda insonning yeriy nafs va soxta ego dasturlariga bogʻliqliklarda tozalashi kerakligi keng yoritilgan. Shu sabab ham bu xalq yaqin yillar ichida, ham iqtisodiy, ham ilm-fan va ijtimoiy jihatdan dunyoning eng qudratli davlatiga aylana oladi.
Bizning xalqimiz ham chirib bitayotgan Yevropa madaniyatidan ko'rko'rona andoza olavermay. Rivojlanishda Hind tajribasidan o'rnak olishimiz kerak. Ya'ni ular kabi topganimizni asosiy qismini kelajak insonlari bo'lgan avlodlar kamolatiga sarflashni boshlashimiz kerak. Shunda bizdan ham 15/20 yildan keyin jahon darajasida olimlar va katta biznesmenlar yetishib chiqa boshlaydi. Yevropa madaniyati ketidan chopib biz ham inson erkinligi deya aslida nafsga erkinlik berib yashashga undaydigan qonunlar bilan xalqimizni dasturlasak, ertaga bugungi Yevropa cho'kib borayotgan botqoqqa biz ham botamiz.
#tafakkur_qiling
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV

Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1243