tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1269
Last Update:
Oiladagi er-xotin o'rtasidagi janjal va kelishmovchiliklarning asosiy sababi bu oilada Alloh birinchi emasligi. Chunki Allohni tanigan va Uni hayotida birlamchi o'rinda ko'radigan inson yaxshi anglaydiki atrofdagi odamlar va voqealar orqali Alloh o'zi bilan gaplashayotganini.
Shunda u muommolarda kimlarnidir yoki nimalarnidir aybdor qilmay, sabab oqibatlarga e'tibor berib, ulardan tegishli xulosalar chiqarib yashaydi va bandalar aslida bu bir biriga dars berib, bir birini rivojlanganishiga ko'maklashadigan Allohning zarralari ekanini anglaydi.
O'zini ojiz va xatokor banda ekanini va o'zida nafaqat Xudoni bir zarrasi bor ekanini, balki yana shaytonni ham istaklari bor ekanini qabul qilmagan odam o'zini go'yo Xudoga tenglashtirib, "men yaratuvchiman" deb xulosa chiqarishga moyil bo'ladi. U atrof u uchun doim yaxshi bo'lishini istaydi va qachonki bunday bo'lmasa voqea va odamlar bilan kurashadi ya'ni o'z egosi uchun Xudo bilan kurashadi.
#tafakkur_qiling
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV
Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1269