tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1277
Last Update:
"Rashksiz erkak jannatga kirmaydi!"
Xozirda shunday ta'limotlar mavjudki, ularda rashkni bu hudbinlik undan tozalanish kerak deb o'rgatishadi. Hatto zamonaviy "Yevropa madaniyati" ham shuni targʻib etadi. Go'yo xotinini rashk qilish bu qoloqlik ko'rsatkichi ular uchun.
(Postni oxirigacha o'qib xulosa qilsangiz aslida bunday ta'limotlar ortida "kim" turganini anglab yetasiz.)
Kechagi postlarda angladikki, ruhiy darajada oila bu butun bir organizmdir. Oilaning har bir a'zosi o'z yaralish hilqati va jinsidan kelib chiqib shu umumiy organizm rivojiga xizmat qiladi. Oilada erkak va ayolning yaralish hususiyatiga ko'ra Alloh ularga o'zlari anglamagan ammo oilasi farovonligi uchun muhim bo'lgan vazifalar ham yuklagan. Ayol oila farishtasi sifatida o'z oilasidagi poklik energiyasiga javobgar bo'lsa, erkak o'sha farishtani va butun oilasini himoyachisi va ta'minotchisidir. Ular bu vazifalarini ongsiz ravishda qilishadi chunki bu ularni yaralish hilqatidir.
Biz odam tanasida ekanmiz va har birimizni oliy maqsadimiz poklanish ekan. Bu yo'lda bizga asosiy raqib bu shaytondir. U yeriy energiyalarni boshqara olishi sabab ular orqali bizning kirlanishimizni istaydi. Insonni ayniqsa Ayolni eng katta kirlatadigan energiya bu nomahramlarni shahvoniy nazaridir.
Biz boshqalarga nimadadir kumaklashsak o'sha narsani energiyasini o'zimizda ko'paytiramiz. Nomahram ayollarga shahvoniy hirslari uyg'ongan erkak ma'lum vaqt yeriy energiyaga qullik qiladi. Ya'ni bu vaqtda Xudoni unutadi va tabiiyki poklanishi ortga suriladi. Agar ayol ko'chaga begona erkaklarni shahvatini uygʻotadigan ko'rinishda chiqsa uyga kelguncha nechta erkak nazariga tushib ularni shahvatiga ta'sir etgan bo'lsa unga shuncha erkakni kirlatgani uchun energiya darajasida uning karmasiga ya'ni aurasiga shuncha kirlik yig'iladi.
Bejizga bu bo'yicha hadislar mavjud emas: Ayol ko'chaga hushboylanib chiqib to uyga qaytguncha nechta erkakka o'zidan lazzatlanish bergan bo'lsa unga shuncha gunoh yoziladi. deyilgan.
Oila ruhiy jihatdan bir organizm ayniqsa er va xotin bu energetik darajada bir butun tanadir. Shu bois erkak ayoliga qancha shahvat energiyasi to'planayotganini sezadi va buni tozalash uchun unda hislar uygʻonadi. Buni biz "Rashk" deb ataymiz. Demak Rashk bu ayolni poklash uchun himoya tuygʻusidir. Bejizga "Rashk iymondan" deyilmagan. Ya'ni rashk bu ayolni ham erkakni ham jannatga tayyorlash mexanizmidir aslida!
Ammo zamonaviy ta'limotlar buni erkakni o'ziga ishonmasligi deb oʻrgartadi. Agar erkak zor bo'lsa xotini xiyonat qilmaydi deyishadi. Shunday ta'limotlarni erkaklar ongiga joylab bugun rashksiz erkaklarni ko'paytirishmoqda. Natijada esa butun jamiyat shahvoniy jamiyatga aylanmoqda.
Unutmang eringiz qachonki sizni rashk qilmayaptimi demak buni ikki sababi bor. Birinchisi u sizni o'ziga yaqin deb, ya'ni o'z yarmi deb hisoblamayapti. Ikkinchisi unda iymon yo'q. Ya'ni oxirat hovotiri ongidan chiqqan va oʻrnini shaytoniy ta'limotlar egallagan shu sabab erkakligini ya'ni oilashini negativ energiyalardan himoyalash hususiyatini yo'qotgan.
Ana endi sizda savol uygʻonadi: hozirda ruhiy yuksalish darslarini berayotgan ba'zi ayollar o'zi yarim yalangʻoch ko'rinishda yuradiku? degan. Men alohida shaxslarni g'iybat qilishni istamayman. Men aytmoqchi bo'lganim shuki, har bir ta'limot ortida alohida yuqori kuchlar bor. Har bir insonni ongini alohida kuchlar boshqaradi va o'z ta'limni unga yuklaydi. Shu qatori Shayton ham o'z armiyasini ko'paytirish maqsadida mana bunday qilsang ruhiy yuksalasan deb o'ziga qullarni ko'paytiradi.
Unutmang asl ruhni poklaydigan ta'limotlar va kuchlar o'zi boshqarayotgan odamga yarim yalong'och yurish istagini bermaydi. Chunki poklik bo'lmasa ruhiy rivoj ham bo'lmaydi. Shu sabab islomda ayollarni jannatiy darajada saqlash uchun o'ranishlik buyurilgan. Ammo shaytoniy ta'limotlar ularni ruhini bulgʻash maqsadida "bu ayolga erkinlik bermaslik" deb baholab insonlar ongiga go'yo inson erkinligi maskasi ortiga yashiringan "nafs erkinligi" ta'limototini singdirishga urinadi.
Postni qayta oʻqib chiqing va #tafakkur_qiling
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV
Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1277