MUZAFFAR_VAKKOSOV1 Telegram 1345
Negadir farzandingizni hech narsaga qiziqishi yo'qmi?!

Yaqinda bir qarindoshim o'g'lini hech narsaga qiziqtirib bo'lmayotganini va yozdirib qo'ygan kurslariga ham borgisi kelmayotganini aytib, bolani biror narsaga qiziqtirish ilmlarini so'ragandi.

Eng qizig'i nima bilasizmi?
O'sha jiyanim har doim o'zi chizgan rasmlarini menga jo'natib turadi. 💁‍♂

Xo'sh nega buni yozdim?!
Sababi, shunga o'xshash holatlar ko'plab oilalarda kuzatilayotgan bo'lishi mumkin. Agar sizga ham farzandingiz hech narsaga qiziqmayotgandek tuyulayotgan bo'lsa, eng avvalo o'zingizga tashqaridan nazar solgan holda fikrlaringizni taftish qilib ko'ring. Balki uni qiziqishi yo'q emas, u shunchaki siz istagan sohagagina qiziqmayotgandir???

Ko'plab ota onalar shu illyuziya ichida fikrlaydi. Farzandi o'zi istagan sohaga qiziqmayaptimi demak u go'yo hech narsaga qiziqmayotgandek tuyuladi. Aslida esa bunday ota onalarni o'zi farzandini istaklari va qobiliyatlariga befarqlar. Aynan shu befarqlik sabab bora bora farzandidagi asl iqtidorlarini ham bloklanishiga sababchi bo'lishadi va bir kun rostdan ham hech narsa qo'lidan kelmaydigan odam bo'lib yetishadi. Chunki bolalar vaqtida e'tibor berilmagan va qo'llab quvvatlanmagan o'z iqtidorlarini hayotda foydasiz ekan degan xulosalar bilan bostirishadi. Va Alloh bergan missiyasini ota ona va jamiyat dasturlari to'rini ostiga tashlagan holda o'zligini unitishadi.

Shu bois ko'p bor takrorlayman: Ota ona bu farzand deb atalmish alohida ruhning yerdagi ko'makchisidir. Farzand ota onani quli emas! Hayotning shu haqiqatini anglab yetgan ota onalar farzandini o'zi istagan yo'ldan yurishiga majbur deb hisoblash ongidan chiqadi va undagi alohida o'ziga xos iqtidorlarni ko'ra biladi. Hamda farzandim faqat men istagandek bo'lishi kerak deb emas, Alloh bergan iqtidori bilan ketaversin deb uni kelajagini Alloh izniga qo'yib beradi. Aynan shunday ota onalar keyin o'z sohasida buyuk ishlar qila oladigan insonlarni tarbiyalaydilar.

Agar sizda ham shunday holat kuzatilayotgan bo'lsa o'zingizga quyidagi savollarni bering: Siz farzandingizning o'ziga xos iqtidorlariga hech e'tibor berganmisiz?!
Uni siz istagan sohada emas, o'zi qiziqqan ishlarni qilib yashashiga rozimisiz?

Uni kelajagini chin yurakdan Allohga topshira olganmisiz?!

Bu uchta savolga ham "Ha!" deb javob bera oladigan holatga kelsangiz. Aslida farzandingiz naqadar iqtidorli vahayotga qiziqishi juda yuqori ekanini, hamda Alloh uni bejiz yaratmagan ekanini anglaysiz.

#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1

tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1345
Create:
Last Update:

BY MUZAFFAR VAKKOSOV

Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1345

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Telegram channels enable users to broadcast messages to multiple users simultaneously. Like on social media, users need to subscribe to your channel to get access to your content published by one or more administrators. SUCK Channel Telegram During the meeting with TSE Minister Edson Fachin, Perekopsky also mentioned the TSE channel on the platform as one of the firm's key success stories. Launched as part of the company's commitments to tackle the spread of fake news in Brazil, the verified channel has attracted more than 184,000 members in less than a month. Don’t publish new content at nighttime. Since not all users disable notifications for the night, you risk inadvertently disturbing them. How to Create a Private or Public Channel on Telegram?
from us

Telegram MUZAFFAR VAKKOSOV
FROM American