tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1379
Last Update:
Ona kimlardandir moddiyatda ortda qolmay deb farzandiga mehr berish o'rniga ko'chaga chiqib pul ishlashni afzal ko'radida, yana qariganida farzandi onadan ko'ra ishini va pulni afzal koʻrganidan noliydi..
Ota, farzandni och va ota ko'magiga muhtoj ekani vaqtida ularni e'tiborsiz qoldirib o'z nafsiga ko'ra ayshishratda yashaydida, yana qariganda farzandi otaga mehrsiz ekanidan noliydi...
Kuyov, agar yosh kelin kasal boʻlib qolsa uni davolashga chidamay ota uyiga jo'natvoradida, yana ertaga ishi yurishmay qolganda xotinidan sabr va sadoqat kutadi....
Mehr bu yaqin insonlarimiz bilan bizni bir tanaga aylantiruvchi ilohiy energiyadir. Siz yaqiningizga mehr berishdan ko'ra boshqa narsani ustun qo'ymoqdamisiz. Demak uni o'zingizdan alohida tana sifatida ajratmoqdasiz. Bilingki, ertaga siz unga muhtoj boʻlganingizda u ham sizni o'zidan alohida deb hisoblaydi!
Hayot qonunlari juda aniq ishlaydi. Siz nimaga haqli bo'lsangiz shu beriladi sizga. Ertaga boshingizga tushadigan hodisalar bugungi amallaringiz oqibatidir!
#tafakkur_qiling
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV
Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1379