tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1384
Last Update:
"Eng buyuk ne'mat!"
Har bir bola o'z rizqi bilan tug'iladi degan gapni ko'p eshitganmiz. Ba'zilar avvaliga farzandli bo'lsam uni boqa olmay qolaman deb o'ylaydi. Ammo farzandli bo'lganidan so'ng qandaydir mo'jizaviy tarzda oilasiga baraka kirganini sezadi. Ya'ni bu olamga kelajak har bir Ruhni o'z rizqi mavjud va uni tug'ilishi bilanoq Alloh yuborishni boshlaydi. Ammo rizq deganda faqat oziq-ovqatni nazarda tutmasligimiz kerak. Rizq bu Yangi kelgan insonga yoshligidan atrof muhitni turlicha ta'sirihamdir.
Keling bu Postdan yanada chuqurroq anglash olish uchun mavzuni ota onani farzandga berajak ta'siri haqida gaplashamiz.
Ko'pchiligimiz o'ylaymiz odam boy oilada tugʻilganligi uni rizqi ulugʻ ekanidan dalolat deb. Ha qaysidir ma'noda bu ham to'g'ri. Lekin Ruhning mavjudlik va rivojlanish mohiyatiga ko'ra Rizqimizning ulugʻligini yanada yuksakroq ko'rsatkichi mavjud.
Bu Halol luqma va to'g'ri tarbiya bilan farzand o'stiradigan ota onada tugʻilganimizdir!
Ruhning yo'li bu poklanish va jannatiy darajaga erishishdir. Agar bizni ongimizga to'g'ri ta'lim berilmasa va tanamiz halol luqma bilan oziqlanmasa Ruhiy ruvoj deyarli to'xtaydi.
Shunday ekan hayot qonunlarini chuqur anglagan holda hayotga nazar tashlagan holda mantiqan fikr yuritsak, Boy lekin halol kasb qilmaydigan oilada tugʻilgan boladan ko'ra, o'rta hol lekin halol rizq bilan farzandlarini boqadigan va Xudoni doim eslatib turadigan ota onaga farzand bo'lib kelgan ruhlar aslida Allohga yaqinroq darajada bo'ladi. Chunki ularni Allohga yanada yaqinlashishiga yo'llari ochiq bo'ladi halol bo'lmagan luqma bilan rizqlangan farzanddan ko'ra.
Agar bizni tanamiz halol rizqlanmagan bo'lsa, bu holatda har qancha Rahmoniy ta'limlarni o'rganishga harakat qilmaylik ongimiz botiniy hikmatlarni va Allohning asl hilqatini anglashi qiyin kechadi. Shu bois ham bunday halol bo'lmagan luqma bilan rizqlanib o'sgan odamlar ilmni faqat shaytoniy istaklari yoki boshqalardan o'zlarini ustun ko'rsatish uchungina o'rganishadi. Agar kimki Rahmoniy ta'limlarni qabul qilolmayotgan va ezgu amallarga kirisholmayotgan hamda ezgulikdagi odamlarni ishidan o'zi anglamagan holda kamchiliklar izlash bilan ovora bo'layotgan bo'lsa. Eng avval tanasini poklashi va kasbiga e'tiborli bo'lishi kerak. Tanamizga halol luqma kirib borgani sari negativ kuchlarni ongimizga ta'siri ham kamaya boradi va botiniy haqiqatlarga ochilib boramiz hamda borgan sari ezgulik energiyasiga to'lib, atrofga o'zimiz ham ezgulik nurini socha boshlaymiz!
Demak bu olamdagi biz uchun berilgan eng Buyuk ne'mat bu bizni yoshligimizdan Halol luqma bilan boqqan va doim Xudoni eslatib turgan Ota-onamiz ekan. Ularni moddiy darajalari emas, bizni Xudoga yaqinlashishimizga qo'shgan hissalari aslida eng qimmatli boylikdir biz uchun!
#tafakkur_qiling
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV
Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1384