tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1400
Last Update:
π©π» Erimning ishi hech yurishmaydi, nima ish qilsa ham oxiri kutilgan yaxshi natija bermaydi. Aksincha turli ishlarga o'zini urib ko'p pul va vaqt yo'qotadi.
Psixologlar aytadiki erkakning faoliyatiga uning ayolini ta'siri katta ekan. Bu holatdan chiqishida men qanday yordam bera olaman?
π¨βπ« Aytingchi, uni ishi yurishishiga ishonasizmi?
π©π» Albatta, ishi yurishib, ko'p pul topsa yaxshiku. Buni istayman!
π¨βπ« Istash va ishonch boshqa boshqa narsalardir!
Nafs katta natija istaveradi. Ammo qalban ishonchingiz bo'lmasa, eringizning ishi yurishishi qiyin.
Xo'sh aytingchi, eringiz biror bir ishni boshqalishdan avval unga va ishiga nisbatan nimalarni his etasiz?
π©π» To'g'risini aytsam. Yana ishi yurishmay bekor pulni yo'qotadi, undan ko'ra shu pulni sarflamagani yaxshi degan hayol keladi ekan ko'proq. π
π¨βπ« Ana ko'rdingizmi? Siz uni ishi yurishishiga emas, yurishmasligiga ko'proq ishonasiz!
Gap shundaki, Er va Xotin nikohdan so'ng ruhiy darajada bir tanaga aylanadi. Ya'ni siz ikkingiz bir tananing ikki bo'lagisiz. Inson Alloh bilan qalbidagi hislari orqali gaplashadi. Qachonki siz ich ichingizdan eringizni muvaffaqiyatiga ishonmaslik his etganingizda, ruhiy qonun bo'yicha o'zingizni yarmingizga ishonmaganlik hislarini Allohga so'zlayotgan bo'lasiz. Hislarimiz bu Alloh bilan so'zlashishimiz ekan, demak o'z juftimiz haqidagi har bir hislarimiz darajasiga ko'ra natijani Alloh bizga yuboradi. Chunki buni o'zimiz so'radik!
Shunchaki istash ish bermaydi. Oilaviy rizqingizni Allohga topshiring va sizning oilangiz nimaga haqli bo'lsa shuni Alloh o'zi to'liq berishiga ishoning! Shunda eringiz va uni faoliyatiga xavotir hislari bilan qaramaysiz. Shunchaki bo'layotgan jarayonlar va kelayotgan har qanday miqdordagi moddiyatni Allohning oilangizga bergan ne'mati sifatida qabul qiling. Shunda Eringizni Allohni zirq bo'yicha elchisi sifatida ko'ra olasiz, hamda Alloh sizga eng yaxshisini berishiga ishonchingiz ortgani sari eringizni faoliyatiga ham negativ qarashlaringiz yuvilib, o'rnini doimiy ijobiylik va ishonch egallaydi!
Ayolni eriga ishonchsizligi ortgani sari, erini shunchalik omadsiz qilayotgan bo'ladi.
O'z juftingizga nisbatan hislaringizni bir taftish qilib ko'ring! πββ
#tafakkur_qiling
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV
Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1400