tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1486
Last Update:
Erkakdan pul emas, amaliy natija kuting!
Bilasizmi? Nega dinimizda ribodan, ya'ni foizga pul olishdan qaytarilgan? Sababi pul, pul bilan koʻpayishi mumkin emas. Pul ko'payishi uchun unga aqliy yoki jismoniy energiya qo'shilishi kerak. Aynan shu qo'shilgan energiyaning barakasi halol daromad hisoblanadi.
Chunki mohiyatan pul jism sifatida mavjud narsa emas.
Pul bu odamlar va jisimlarning uch o'lchamli dunyodagi o'zaro ta'siri oqibatida paydo boʻladigan energiya oqimidir!
Odamlar shu o'z harakatlari va mehnatlarining energiyasini boshqarish va nazorat qila olish uchun energiyaning pul ekvivalentini yaratishgan. Bu energiyalarni insoniyat sivilizatsiyasi uchun maqsadli boshqarish imkonini beradi.
Demak pul bu aslida harakatlarning natijasida paydo bo'ladigan va yigʻiladigan energiyalarning moddiylashgan ko'rinishi ekan.
Endi, postning asosiy maqsadiga qaytsak: Bugungi kunda insoniyatning pulga munosabati shu darajaga keldiki, odamlar uchun pulni vujudga keltiradigan birlamchi harakatlar emas, yakuniy natija bo'lgan ekvivalent muhim bo'lib qoldi. Ishchi ham, sherik ham, oiladagi juft ham, tanish bilishlar ham umuman jamiyatdagi hamma o'sha eng yakundagi, aslida jism sifatida mavjud bo'lmagan ekvivalent orqali o'zaro munosabat qiladigan bo'lishdi.
Aynan shu e'tiqod sabab oilalardagi er xotinlar ham ko'plab nizolarga borishadi. Tabiatan erkak jismoniy kuch belgisi, oilaning moddiy ta'minotchisidir.
Ammo hozir ovchilik qilib, tirikchilik qilinadigan tosh davri emas. Bugungi sivilizatsiyada har bir kasb egasi jamiyatda o'zaro bir biriga beradigan foydasi va qiladigan hizmatlari orqali tirikchilik qilishadi, ya'ni harakatlari natijasini moddiylashgan ko'rinishiga erishishadi. Demak bugungi "Ov" bu insoniyat rivoji uchun qilingan hizmatlardir!
Ana endi angladikki, ko'p pul bu jamiyat uchun qilingan katta ishlar natijasi ekanini. Demak pul harakatlarning eng so'ngi oqibati ekan. Ayollar eralari ko'p pulga erishishini istasa avvalo birlamchi omilga e'tibor qaratishni boshlashlari kerak.
Qaysiki ayol eridan faqat pulni talab qilaversa, erkakda ham pulni vujudga keltiradigan birlamchi harakatlarini, ya'ni o'zining maqsadlari va rejalarini muhim sanamaslik boshlanishi mumkin. Natijada faqat pul topsam bo'ldi deb, nohalol yo'llarga kirishi yoki o'z orzu maqsadlarini amalga oshirishni bir chetga surib, o'zi istamagan ishlarda ishlab yurishga majbur bo'lishi mumkin.
Bu haqiqatni har bir ayol anglab yetsa, erkakidan faqat pul emas, jamiyat uchun beradigan amaliy ishlarni kutishni boshlaydi. Chunki pul erkak jamiyatga o'zidan qancha ko'p energiya berishiga qarab keladigan ekvivalent ekan, erkaklarni o'z maqsadlari uchun ruhlantiradigan ayollar ko'paygani sari, jamiyatda energiyalar oqimi ham ortadi va xalqimizning turmush darajasi ham oshadi.
Shu o'rinda o'g'il o'stirayotgan onalar ham o'g'lini pulini emas, maqsadlari va rejalarini surishtirib tushishi yaxshi bo'ladi. Chunki ayoldan yoshini so'rash unga nisbatan kamsitish bo'lgani kabi, erkakdan pulini so'rash ham uning ruhiyatini cho'ktirishi mumkin. Erkakdan yaxshisi maqsadlarini so'rang.
Erkak puliga emas, maqsadlariga sherik bo'ladigan va har qanday sharoitda ham o'z vafosi bilan yonida turadigan ayol bilan Buyuk ishlar qiloladi!
#tafakkur_qiling
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV
Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1486