tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1541
Last Update:
Kimdir sabab kasal boʻlmaysiz. O'zingiz usiz yashay olmaganingiz uchun kasal boʻlasiz.
Qalb faqat Allohga intilishi kerak. Qachonki uni moddiy olam matohlarga erishish istagi egallab olsa, avvaliga qalb, keyin esa tana energiyasiz qoladi. Chunki bunday ongdagi inson Asl energiya manbaidan qalban uziladi va moddiyat hirslarini qondirish orqali energiyaga to'yinishga urinadi.
Odam ham jismonan moddiy olam mahluqotidir. Qachonki, odam kimdirsiz yashay olmasa, yoki kimnidir o'zi istagidek yashashga majburlasa, uning ongi o'sha odam qalbini emas, moddiy hilqatini o'ziniki qilishni istayotgan bo'ladi.
Tabiiyki bunday o'z hudbinligi bilan atrofni boshqarishga uringan inson tez orada istaklari qondirilmagani va Xudoni vazifasini o'ziniki qilishga uringani bois ogʻir kasalliklarga duchor boʻladi.
Bizni mentalitetda shunday tushuncha borki, farzand ota onasi istagiga ko'ra yashashi kerak. Qachonki farzand o'z istagiga ko'ra yashashga intilsa, "meni sen kasal qilyapsan!" deb, farzandini yoki yana kimnidir ayblashga tushadi.
Aslida bunday holatda ular tezroq tuzalishi uchun, Xudoni bandasini Yaratganni o'ziga topshirishi kerak. Ammo afsuski, bundaylar o'z kasalligini bahona qilib farzandini yoki yaqinini battar boshqarishga urinadi. Bu davo emas, aksincha kasallikni yanada kuchayishiga olib boradi.
Har birimiz anglashimiz kerakki, har bir odam avvalo bu Xudoni bandasi. Hech bir banda bandaga bandalik qilolmaydi. Har bir insonda avvalo uning qalbini ko'rishni boshlashimiz kerak. Shunda uni ham o'zimizni ham Yaratguchiga ishonib topshiroladigan asl taslimiyat holatiga erisholamiz.
#tafakkur_qiling
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV
Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1541