tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1547
Last Update:
Moddiy va ijtimoiy muvaffaqiyatlarga faqat ota onani rozi qilsagina erishiladimi?
Ushbu post avval boshlaganimiz, ota onamizni hayotimizdagi muvaffaqiyatlarimizga ta'siri haqidagi postni davomidir. Bu post bizga moddiy yutuqlarga erishishimizda ota onamizga munosabatimiz qanchalik rol oʻynashini tushinishimizga yordam beradi.
Shaxsiy tajribam:
Ko'pchilikda bo'lgani kabi bundan bir necha yil avval menda ham Ota onamga va o'zim yashagan jamiyatga nisbatan ba'zi negativlar va tug'ilib o'sgan afmasferamdan uzoqroq bo'lish istagi ustuvor edi. Men iloji boricha bu muhitdan va ota onamni meni qarorlarimga ta'siridan uzoqroq boʻlishga intilardim. Ammo dinimizda aytilgan "Ota onasini norozi qilgan odamni ishi yurishmaydi" degan e'tiqod, o'sha vaqtdagi o'z istaklarim bilan emas, ota onam istaklari bilan yashash to'g'riroq degan xulosaga olib kelavergan.
Menda shunday bo'lardiki, doim boshqacharoq bo'lishga intilib bir muddat bunga intilardim, ammo biroz muddatdan soʻng yana ota ona istagini bajarish kerak deb yana istaklarimdan kechishga majbur bo'lardim. Bu holat bir necha yil davom etti.
So'ng o'sha hayollarim ikkiga boʻlingan hayotimga nazar soldim. Xo'sh nimaga erishdiim?!
Javob deyarli hech narsaga!
Keyinchalik yuqori qonunlar va insoniy jamiyatlar dasturlari haqidagi ilmlardan anglab yetdimki, muvaffaqiyat uchun birlamchi omil aslida ota ona emas, har bir insonni o'z ongi darajasi ekan. Hamda istalgan ota ona ham bu hayot haqida mukammal ilmga ega boʻlmagan oddiy odamlar ekan. Shunda angladimki, meni ota onam istaklari ham bu shunchaki o'zlari yashagan jamiyat ongiga mos tarzda shakillangan istaklar ekan xolos.
Keyin ota onamni o'z ongidan kelib chiqib o'z hayotida nimalarga erisholgani va meni boshqarishga urinayotgan jamiyat vakillarini o'zi qanday hayotni yaratganiga nazar soldim. Deyarli men istagimdek natija yo'q edi. So'ng o'yladim, Xo'sh agar meni ularni ongi boshqarsa demak men ham ular darajasida qolaman xolos. Ota onamni boshqarayotgan kuchlar ularni menga ta'siri orqali meni ham boshqarishga urinmoqda, ammo men buni istamayman, men yangicha ongni va yangicha hayot tarzini istayman, dedimda biroz muddat ota onam va boshqa meni ongimga ta'sir etishi mumkin bo'lgan yaqinlarimdan uzoqroq boʻlishga qaror qildim.
Bir muddat barcha meni boshqarishga uringan tizimlardan holi yashadim va vaqtimni hamda e'tiborimni faqat o'z qobiliyatimni va onginmi o'stirishga sarfladim. Barcha jamiyat istaklaridan kechdim va hayotimni to'liq Alloh izniga topshirdim.
Moddiy muvaffaqiyat uchun qilinishi kerak bo'lgan fizik va ruhiy qonunlarni hayotimda sinab koʻrdim. Oqibati kutilmagan tarzda muvaffaqiyatli bo'ldi. Menga moddiy oqim kutganimdan ham ziyoda bo'lib oqib kela boshladi. Ammo ikkinchi tarafdan ota onam men ulardan uzoqlashganim uchun mendan xafa edilar. So'ng o'yladim nega bunday bo'lmoqda? Axr ota onani norozi qilgan odamni ishi yurishmasligi kerakku?
Demak bu yerda yana ham yuqori qonunlar mavjud!!!
Davomi... ⬇️
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV
Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1547